Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Neftchi» yoshlari nazorat o‘yinida «Andijon»ga yutqazdi

«Neftchi» yoshlari nazorat o‘yinida «Andijon»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Ikkinchi davraga xozirlik ko‘rayotgan Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” yoshlar jamoasi 19 iyul kuni Andijondagi BO‘FM stadionida “Andijon” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida ishtirok etdi. Uchrashuvda andijonliklar 4:2 natijasida zafar quchdi.

Shu kuni Birinchi liga yetakchisi tarkibida Akmal Xolmatov, Hamza Karimov, Anvar Berdiyev kabi bir qator tajribali ijrochilar harakatlandi. Shuningdek, birinchi davrani “Neftchi”da o‘tkazgan Furqat Hasanboyev hamda Said Abdujabbor ham “Andijon” sharafini himoya etishdi. Bahrom Haydarov mana shunday jiddiy bellashuvlar orqali o‘z shogirdlarini ikkinchi davra bahslariga tayyorlanmoqda. Shuningdek yosh va iqtidorli futbolchilar jamoa ko‘rigidan o‘tmoqda.

O‘yinda “Andijon” hisobni ochdi. Tajribali Akmal Xolmatov uzoq masofadan yosh darvozabon Shuhrat Rahmonovning xushyorligini sinab ko‘rdi va uning bergan zarbasin chiroyli golga aylandi. 1:0
Ko‘p o‘tmay mehmonlar tarkibidan Islombek Karimov hisobni tenglashtirdi. Maydon markazida raqibga kuchli pressing uyushtirgan yosh farg‘onaliklar to‘pni raqibdan olib qo‘yishdi va qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Oqibatda Karimov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va imkoniyatdan unumli foydalandi. 1:1
O‘z muxlislari qarshisida to‘p surayotgan “Andijon”ni hisob qoniqtirmasligi aniq edi. Shu sabab Usmon Toshev shogirdlari ketma-ket “Neftchi” darvozasiga hujum uyushtirishdi. Mana shunday hujumlarning biri qo‘pollik bilan to‘xtatildi va bosh hakam penalti belgilandi. 11 metrlik jarima to‘pini Alisher Abduvohidov tepdi. Uning ilk zarbasini “Neftchi” darvozaboni qaytardi. Biroq qaytgan to‘pga hammadan biri andijonlik futbolchining o‘zi yetib keldi… 2:1. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi taym ham gollar va xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Bo‘limni “Neftchi” yoshlari gol bilan boshlashdi. Tanaffusdan Bahrom Haydarovdan kerakli ko‘rsatmalarni olgan mehmonlar ketma-ket hujumlarni amalga oshirishdi. Vaziyatlarning biridan yana o‘sha Islombek Karimov samarali foydalandi va o‘z dublini nishonladi. 2:2.
Mazkur natijadan so‘ng Bahrom Haydarov “Neftchi” darvozabonini almashtirdi. Maydonga Mashxur Muhammadjonov tushirildi. Biroq iqtidorli posbonning maydonga chiqishi unchalik darajada omadli chiqmadi. Shundan so‘ng andijonliklar xavfli vaziyatlardan 2 tasini aniq foydalanish va ketma-ket gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 4:2.

“Neftchi” yoshlari Andijonda quyidagi tarkibda harakatlanishdi:
Asosiy tarkib: Shuhrat Rahmonov, Shodiyor Xojimatov, Abdujalil Manazarov, Bunyod Abdumanonov , Husanboy G‘aniyev, Islom Toshpo‘latov, Islom Karimov, Xurshid Asqaraliyev, Abduqodir Artikov, Elamon Karimov, Hamidullo Abduhamidov
Zaxira: Mashxur Muhammadjonov, Sardor Isakov, Botir Mamasidiqov, Nodir To‘lanov, Ilxom Vaxobov, Asil G‘oibjonov

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 11:04, 20.07.2017.
O'qildi: 3503 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.