Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvining boshlanish vaqtiga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvining boshlanish vaqtiga aniqlik kiritildi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCH-2018 saralash bosqichining “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy – O‘zbekiston terma jamoasi uchrashuvining boshlanish vaqtini belgilab bergani haqida xabar bergandik.
 
Bugun, 21 iyul kuni FIFA JCH-2018 saralash bosqichi “A” guruhi 10-turidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar bir vaqtda boshlanishi haqida ko‘rsatma berdi va har bir mamlakat hududidan kelib chiqqan holda bellashuv vaqtlarini belgiladi.
 
“A” guruhi so‘nggi tur uchrashuvlari shu yilning 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Janubiy Koreya bilan bahs olib borsa, Eron o‘z maydonida Suriyani qabul qiladi. Xitoy esa safarda Qatar mehmoni bo‘ladi. Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
 
JCH-2018 saralash bosqichining “B” guruhida esa o‘yinlar bir vaqtda boshlanmaydi. Iroq va BAA neytral maydon – Eronda o‘ynashi hamda Avstraliyaning noqulay vaqt hududi ushbu guruhdagi o‘yinlarning bir vaqtda boshlanishiga imkon bermadi.
 
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 00:54, 22.07.2017.
O'qildi: 17451 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик