Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Muzaffar Muzaffarov: "Neftchi" ikkinchi davrada haqiqiy shou ko‘rsatadi"

Muzaffar Muzaffarov: "Neftchi" ikkinchi davrada haqiqiy shou ko‘rsatadi"

Baho:
+ | -

Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "Qo‘qon-1912" (3:1) o‘rtoqlik bahsidan so‘ng, "Neftchi" yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov bilan suhbatlashdik.

- Toshkentda ikkinchi davraga jiddiy tayyorlanyapmiz. Davralar oralig‘ida tarkibda bir qator jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Yangi futbolchilar borasida ijobiy fikrdaman. Ularning jamoamizga katta foydasiga tegadi. Yig‘in davomida bir qator foydali bo‘lgan o‘rtoqlik bahslarida ishtirok etmoqdamiz.

Og‘ir yuklamali mashg‘ulotdan so‘ng o‘yinlarda ishtirok etish futbolchidan katta murakkablikni talab etadi. Shu bois, "Qizilqum" bilan bahsda to‘liq imkoniyatlarimizni ishga sola olmadik deb o‘ylayman. "Qo‘qon-1912" bilan bahsda esa o‘zimiz istagandek o‘yin ko‘rsatdik. Vadim Karlenovich bizga o‘z futbol falsafalarini singdirib bormoqda. Murabbiy istagan o‘yinni aynan qo‘qonliklarga qarshi bellashuvda namoyish eta oldik degan fikrdaman. O‘yindan zavq oldik.
Bosh murabbiyimiz ta’kidlaganidek, "Neftchi" ikkinchi davrada haqiqiy shou ko‘rsatadi. Diqqat e’tiborimiz "Bunyodkor" bilan bahsga qaratilgan. O‘zbekiston Kubogida hali imkoniyatlarimiz yomon emas.
Ochig‘i, birinchi davradan so‘ng jamoadan ketmoqchi edim. Oldimda 5-6 ta klubdan aniq takliflar mavjud edi. Ular ichidan 2 tasi Toshkent jamoalaridan bo‘ldi. Lekin Vadim Abramov va klub rahbariyati bilan suhbatdan so‘ng jamoada qolishga qaror qildim, - dedi Muzaffarov

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 10:37, 22.07.2017.
O'qildi: 3749 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик