Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Abramovich «MYU» uchun «Lukaku solig‘i»ni joriy qildi

Abramovich «MYU» uchun «Lukaku solig‘i»ni joriy qildi

Baho:
+ | -

«MYU» klubi «Chelsi» yarimhimoyachisi Nemanya Matichni qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqda.

Mirror xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» futbolchining transferi uchun 35 mln funt to‘lashga tayyor. Ammo, «ko‘klar» xo‘jayini Roman Abramovich futbolchini qo‘yib yuborishni istasa-da, «MYU» klubidan o‘ziga xos «Lukaku solig‘i»ni undirib olmoqchi.

«Chelsi» rahbariyati Romelu Lukakuning «MYU»ga o‘tib ketganidan darg‘azab bo‘lgan va Matichning narxini keskin oshirib, 50 mln funt so‘ramoqda. Abramovich shu tarzda «MYU»dan alamini olishni istamoqda.

O‘z navbatida, futbolchi bilan qiziqayotgan «Yuventus» uchun uning narxi ancha past qilib belgilangan. Ammo Matichning o‘zi Manchesterga ko‘chib o‘tishni xohlayapti.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 11:04, 22.07.2017.
O'qildi: 12194 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик