Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Azim Ahmedov: «Akam Odil bilan faoliyatimizni Namanganda yakunlaymiz»

Azim Ahmedov: «Akam Odil bilan faoliyatimizni Namanganda yakunlaymiz»

Baho:
+ | -

«Paxtakor» futbolchisi Azim Ahmedov o‘zining sobiq jamoasi sanalgan «Navbahor»ga qaytishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

-  Sobiq jamoangiz “Navbahor” sizni ortga qaytarish masalasida taklif bilan chiqdimi?

-  Albatta, “Navbahor” meni ortga qaytarish uchun jiddiy taklif bilan chiqdi. Balki taqdirimda yozilgan bo‘lsa “Navbahor”ga qaytarman.

-  “Paxtakor”da katta o‘zgarishlar bo‘ldi, jamoa oldiga katta vazifalar qo‘yildi. “Navbahor”ga qaytish ortga tashlangan qadam, deb o‘ylaysizmi?

-  Bunday deb o‘ylamayman. “Navbahor”ga o‘tsam o‘z ustimda ishlab jamoam uchun jonimni berib, maydonda to‘p tepaman.

-  Gapingizda jon bor, lekin “Paxtakor” keyingi yili OCHLda ishtirok etishi haqiqatga yaqinroq...

-  “Navbahor” ham OCHLda ishtirok etishi mumkin. Bu borada “Paxtakor”da imkoniyat ko‘proq bo‘lishi aniq. “Navbahor” ham yaxshi homiy topsa, ular ham bunday yirik musobaqada ishtirok etishi mumkin. “Navbahor” ham OCHLda ishtirok etishiga ishonaman. Jamoa oldiga OCHLga chiqish vazifasi qo‘yilsa sobiq jamoamga qaytishim mumkin. Balki ikkinchi davrada qaytarman. Buni vaqt ko‘rsatadi.

-  Faoliyatingizni “Navbahor”da yakunlaysizmi?

-  Odil akamni ham, mening ham niyatim shu. Akam bilan faoliyatimizni “Navbahor”da yakunlash niyatimiz bor. “Paxtakor”ga kelganimdan beri “Navbahor”da yuragimni bir parchasi qolib ketgan.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 14:05, 22.07.2017.
O'qildi: 5905 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.