Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Abdujamol Isroilov: “Neftchi”ning muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman”

Abdujamol Isroilov: “Neftchi”ning muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman”

Baho:
+ | -

Yaqinda O‘zbekiston U-22 terma jamoasi safidan “Neftchi” ixtiyoriga yetib kelgan Abdujamol Isroilov ayni paytda jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Kecha futbolchi “Qo‘qon-1912″ga (3:1) qarshi o‘rtoqlik bellashuvida maydonga tushdi va mazkur o‘yinda gol urishga ham erishdi. Bahsdan so‘ng Isroilov bilan suhbatlashdik.

– Abdujamol, birinchi o‘rinda terma jamoamiz bilan birgalikda Osiyo chempionatiga yo‘llanma olganingiz bilan tabriklayman. Turnir tafsilotlari bilan o‘rtoqlashsangiz?

– Tabrik uchun rahmat. BAAda qiziqarli turnir bo‘ldi. Shu bilan birgalikda qiyin va murakkab bellashuvlarda ishtirok etdik. Saralashda qatnashgan xar bir jamoa turnirga yuqori tayyorgarlik bilan kelgani bilinib turardi. Erishgan natijamizda murabbiylarimizning hissasi katta bo‘ldi. Ularning to‘g‘ri taktika tanlay olishi muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek bir jamoa bo‘lib xamjihatlikda harakat qildik.

– Yana Sizni “Neftchi”da ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Toshkent yig‘in qanday kechmoqda ?

– Mashg‘ulotlarga qo‘shilganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Barchasi professioanal darajada yo‘lga qo‘yilgan. Hamma qatori tarkibdagi yangi futbolchilar ham qattiq ter to‘kib mehnat qilishmoqda. Tajribali ijrochilar ekanligini ko‘rinib turibdi.

– Ikkinchi davradan nimalar kutyapsiz ?

– Ikkinchi davrada “Neftchi”ni yuqori o‘rinlar uchun kurashishida yordam bermoqchiman. Farg‘onada futbolga bo‘lgan mehr baribir boshqacha! Muxlislar xar doim o‘z sevimli klubidan g‘alaba kutadi. Biz ham ikkinchi davradan yaxshi natijalar qayd etib, “Neftchi” muxlislarini xursand etmoqchimiz.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 22:10, 22.07.2017.
O'qildi: 3555 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.