Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

«Barselona» tarbiyalayotgan eng kuchli futbolchilar

«Barselona» tarbiyalayotgan eng kuchli futbolchilar

Baho:
+-2 | -

«Barselona» akademiyasi jahondagi eng kuchlilaridan biri sanaladi.

La Masiyadan Andres Inyesta, Jerar Pike va Lionel Messi kabi ko‘plab ijrochilar yetishib chiqqan.

Hozirgi kunda Mark Bartra va Tyago Alkantara singari iqtidorlar jamoani tark etib, boshqa chempionatlarda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lib ulgurishdi.

To‘g‘ri, so‘nggi yillarda akademiyadan yetishib chiqib, yaqqol ko‘zga tashlanadigan futbolchini ko‘rmadik. Ammo iste’dodli yoshlar zanjiri uzilib qolgani ham yo‘q.

FootballHD.ru sayti ijodkorlari «Barselona» futbol maktabi chig‘irig‘ida toblanayotgan ana shunday iste’dodli yoshlarni sanab o‘tishdi.

Borxa Lopes, Nili va Xuan Kamara

Bu uchlikni «Barselona»ning ba’zi muxlislari tanishsa ajabmas, chunki ular allaqachon asosiy jamoada debyutlarini o‘tkazishga ulgurishdi. Himoyachilar Borxa Lopes va Nili «ko‘k-anorranglilar»ning Ispaniya kubogidan o‘rin olgan «Erkules»ga qarshi o‘yinida (1:1) maydonga tushishgan. Biroq ular Kataloniyada qolishadimi yoki yo‘q, dargumon. Nilining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi.

Xuan Kamara asosiy jamoa tarkibida ikki marta maydonga tushgan va bu o‘yinlarning biri Chempionlar Ligasiga to‘g‘ri kelgandi. Ammo «Barsa» 23 yoshni qarshilab ulgurgan futbolchidagi iqtidor namoyishini uzoq kutmasa kerak. Kamara 2016|2017 yillar mavsumini Ispaniya ikkinchi divizioni vakili «Jirona» safida o‘tkazdi, ammo u yerda ham o‘zini ko‘rsata olmay, bor-yo‘g‘i uch martagina maydonga tushdi, xolos.

Yana bir futbolchi Aytor Kantalapyedrani ham shu ro‘yxatga qo‘shish mumkin edi, biroq u «Vilyarreal»ga o‘tib ketdi. Munir va Sandro Ramireslar ham jamoani allaqachon tark etishgan. Ulardan faqat al Haddodining ortga qaytish ehtimoli bor. Lekin u endi yosh futbolchi emas.

Mark Kardona

«Barselona» uchun shunchaki iqtidorlar emas, balki birinchi imkoniyatdayoq o‘zining eng yaxshi xislatlarini namoyish etadiganlar zarur. Mark Kardona xuddi shunday fazilatga ega futbolchilardan biri. U tug‘ma to‘purar va asosiy jamoada ham ikki marta o‘ynashga ulgurgan. Lekin unga asosiy tarkibdan muntazam joy topib bera olishadimi? Yo‘q, yaqin vaqt ichida bunday bo‘lmasligi aniq. Mark segundada «Barsa» uchun 15ta gol urdi, ammo u 21 bahorni qarshilagan va bu yoshda nisbatan yaxshi ko‘rsatkichlarga ega futbolchilar yetarli. Shuning uchun Kardonani kelajakda ko‘k-anorrangli libosda ko‘ramizmi yoki yo‘q, bu juda qiyin savol. Ehtimol, Chempionlar Ligasi va primerada ishtirok etar, ammo zaxira vakili bo‘lib qolishi ehtimoli mavjud.

Alexandro Karbonell

Markaziy yarimhimoyachi Alexandro Karbonell «Kornelya»dagi o‘yinlari bilan ispanlar og‘ziga tushdi, so‘ngra 2013 yili «Barselona»ga o‘tdi. U asosiy jamoadagi debyutini o‘tgan mavsum Ispaniya kubogi doirasidagi o‘yinda nishonladi. Futbolchi, ayniqsa, raqibdan to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha juda yaxshi ko‘rsatkichlarga ega va boshqa jamoadoshlaridan biroz ustunroq. Karbonell hali yosh bo‘lsada, asosiy jamoaning hech bo‘lmaganda zaxira vakili joyiga yaxshi nomzod. Sobiq bosh murabbiy Luis Enrike bu futbolchiga ishonch bildirgandi, balki Valverde davrida uni asosiy jamoada ko‘proq ko‘rarmiz? Alexandro La Masiyadagi faoliyatini o‘ng qanot himoyachisi sifatida boshlaganini aytib o‘tish joiz.

Jerar Gumbau

2015|2016 yillar mavsumida Luis Enrike bu futbolchini ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushirgandi. Jamoada jarohatlanganlar soni ortib, kadrlarga ehtiyoj tug‘ilganda murabbiy aynan Gumbauni tanlagandi. To‘g‘ri, u asosan zaxiradan o‘yinlarga qo‘shilgan. Jerarning to‘p bilan ishlash mahorati yuqori darajada edi. O‘z navbatida, jismoniy imkoniyatlari ham Enrikening e’tiborini tortgandi.

Yakunlangan mavsumda Gumbau asosiy jamoa tarkibida barcha turnirlardagi ishtirokni qo‘shib hisoblaganda sakkiz marta maydonga tushgan. Biz yana bir yulduzning yetishib chiqayotganiga guvoh bo‘layotgandekmiz. Ammo hozirdan bir narsa deyish qiyin. O‘tgan mavsum u yoshlar jamoasida 100 foiz asosiy tarkibda o‘ynagandi. Hozir Jerar 22 yoshda, demak o‘z yo‘lini tanlashning ayni payti. Qolaversa, klub bilan tuzgan shartnomasi muddati yakuniga yetmoqda. Ko‘ramiz, balki bitim yana bir yilga cho‘zilar?!

Vilfrid Kaptum

Kaptum ham xuddi Gumbau singari 2015|2016 yillar mavsumida asosiy jamoadagi debyutini o‘tkazgan. Ammo yakunlangan mavsumda uni birorta uchrashuvda tarkibga kiritishmadi. Faqatgina bir marta La liga doirasidagi o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdi. Gumbaudan farqli o‘laroq, Vilfrid «Barselona V» uchun u qadar zarur futbolchi emasdek. Chunki jamoaning mavsumdagi oxirgi 15ta uchrashuvida bor-yo‘g‘i to‘rt marta maydonga tushgan. Ammo Kaptumning iqtidoriga yetarli darajada baho berishmayotgandek ko‘rinmoqda. U balki «Barselona»ga kerakmasdir, lekin o‘rtamiyona klublarga yordami tegishi muqarrar. Yuqori tezlikka ega 20 yoshli yarimhimoyachi raqiblaridan mohirlik bilan qochib ketadi. Vilfrid yakunlangan mavsumda o‘zidan yaxshi taassurot qoldira olmadi, ammo futbolchida iqtidor bor va kelajakda uni «Barselona» bo‘lmasa, boshqa jamoa tarkibida ko‘rib qolsak, ajabmas.

Serxi Samper

Bir necha yillar oldin Serxi Samperni kuzatgan futbol mutaxassislari uning iqtidorini yuqori baholab, «Barselona» akademiyasidan yana bir yulduz yetishib chiqayotganini taxmin qilishayotgandi. Ammo vaqt o‘tdi, natija esa yo‘q.

Samperda maydon markazida o‘ynaydigan yuzduz futbolchiga aylanish uchun barcha narsa bor edi. Ammo barqarorlik yetishmadi. Futbolchining o‘yini har daqiqada o‘zgarib qolishi mumkin. Bir qarasangiz, raqibdan to‘pni ajoyib tarzda olib qo‘yib, fantastik uzatmalarni amalga oshiradi. Boshqa vaziyatda esa, kutilmagan joylarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi. Pozision o‘yin bobida u eng yaxshilardan va yakunlangan mavsumda «Granada» tarkibida ham markaziy yarim himoyada muvaffaqiyatli to‘p surganlardan biri bo‘ldi. Lekin «Barselona» kabi klubda mayda «brak»lar ham kechirilmaydi. Shuning uchun Samper o‘z iqtidorini yanada shakllantirish uchun ko‘p ter to‘kishi kerak. Hozircha esa Serxio Busketsning o‘rnini hech kim bosa olmaydi. Samper 22 yoshda va kelasi mavsum jamoada qoladimi yoki boshqa klub safiga o‘tadimi, bunisi hali ma’lum emas. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo‘ljallangan.

Karles Alenya

«Barselona»ning iqtidorli futbolchilari orasida hali hech biri Alenya kabi katta qiziqish uyg‘otmagan. Chunki Karles kam o‘ynagan bo‘lsada, o‘zidan yorqin taassurot qoldira oldi. 19 yoshli futbolchi juda tezkor, texnikasi yuqori, mohirona uzatmalarga ega. Alenya qanotda ham, markazda ham birdek muvaffaqiyatli o‘ynay oladi va u kelasi mavsum Valverdega asqotishi mumkin.

«O‘zim uchun notanish bo‘lgan pozisiyada o‘ynadim, ammo o‘ng qanot menga ko‘p narsa berishi mumkin», - degandi Karles intervyularining birida.

Alenyaning klub bilan tuzgan shartnomasi muddati yana bir yil amal qiladi, ammo kelishuv yaqin orada uzaytirilishi kutilmoqda. Uning Inyestaga o‘rinbosar bo‘lishiga barcha ishonmoqda. Hozircha Karles tayyor futbolchi emas, hali ko‘p narsani o‘rganishi kerak va buning uchun unda vaqt bor. Agar jamoada qolishni xohlasa, keyingi mavsum undan Rakitich va Rafinya kabilar bilan raqobatlasha oladigan darajaga yetish talab etiladi. Yosh iste’dod sohibining o‘zi ham bu narsani yaxshi tushunib turibdi: «Jamoada qolib, asosiy tarkib a’zosiga aylanmoqchiman. Ammo futbolda voqealar rivojini oldindan bashorat qilish qiyin, hamma narsa ro‘y berishi mumkin. O‘z navbatida, boshqa klubdan keladigan har qanday taklifni rad etaman. «Barselona»da uzoq yillar o‘ynashni xohlayman». Salohiyatini hisobga oladigan bo‘lsak, Alenya tez orada «ko‘k-anorranglilar»ning uzoq yillik yulduziga aylanishi mumkin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:15, 24.07.2017.
O'qildi: 15225 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.