Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Diyor Turopov: «Sakkiz ochkolik farq - juda katta emas»

Diyor Turopov: «Sakkiz ochkolik farq - juda katta emas»

Baho:
+ | -

Shu kunlarda oliy liga jamoalari mamlakat 26-milliy chempionati ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirishyapti.

Jumladan, Toshkentning «Lokomotiv» klubi ham. «Temiryo‘lchilar» o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazib qaytishdi.

Biz anashu yig‘in davomidagi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Diyor Turopovdan intervyu oldik.

- Diyor, ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday davom etyapti?

- Belarusda tashkil etayotgan yig‘inimiz qizg‘in va ishchan ruhda davom etdi. Ob-havo ajoyib edi. Murabbiylarning ko‘rsatmalarini bajarib, kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazdik. Bir so‘z bilan aytganda, barchasi reja asosida va ko‘ngildagidek o‘tmoqda.

- Adashmasam, yig‘in doirasida o‘rin olgan bir-qatoro‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Bu o‘yinlardagi raqiblar «Lokomotiv»ga saviya jihatidan mos edimi?

- Ha, bugungacha yig‘indan o‘rin olgan 3ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Raqib jamoalarning bari juda iliq taassurot qoldirishdi. Bilmadim, shaxsan menga o‘tkazgan o‘yinlarimiz ma’qul keldi. Tanlangan raqiblar ham yomon emas. Yanada kuchliroq klublar bo‘lishi mumkin edi. Lekin Belarus oliy ligasi klublarining ham o‘z rejalari bor. Buni unutmaslik kerak. Sir emaski, yig‘in doirasida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari birinchi darajaga chiqmaydi. Murabbiylar uchun bunday bahslar jamoaviy o‘yinni yanada shakllantirish, yangi futbolchilarni sinab ko‘rish uchun kerak bo‘ladi. Eng muhimi, ikkinchi davraga yuqori darajadagi tayyorgarlik bilan yetib borish lozim. Biz mana shu o‘tkazilgan o‘yinlarda murabbiylarning ko‘rsatmalarini to‘liq bajardik.

- Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor nimaga qaratildi?

- Birinchi galda jismoniy tayyorgarlikka urg‘u berildi. Trenajyor zalida ko‘p ishladik. Ikkinchi davrada bizni jiddiy uchrashuvlar kutib turibdi. O‘yinlarning hech biri biz uchun oson kechmaydi. Asosiy raqiblarimizdagi o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz. Shunga yarasha biz ham kuchli tayyorgarlik ko‘rishimiz shart. Menimcha, amalda ham shunday bo‘lmoqda.

- «Lokomotiv» tarkibida Benito ism-sharifli futbolchiga ko‘zim tushdi. Hattoki, «Dnepr»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida «dubl»ga ham erishdi.

- Ha, u biz bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti.

- U jamoada qoladigan bo‘lyaptimi?

- Hali bu savol ochiq turibdi. Mazkur masalani murabbiylar hal qilishadi. Lekin yaxshi futbolchiga o‘xshayapti.

- So‘nggi uchrashuvda maydonga tushmadingiz. Bu jarohat bilan bog‘liq holat emasmi?

- Xuddi shunday. Bundan avvalgi o‘yinda raqib futbolchisi oyog‘imga zarba bergandi, avvalgi jarohatim biroz bezovta qilib qoldi. Shu sababli ham bugungi o‘yinda maydonga tushmadim.

- Shikastlanish jiddiy emasmi?

- Yo‘q. Tez orada jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lib, jamoadoshlarimga yordam berishni boshlayman.

- Birinchi davra yakunlari bo‘yicha qanday fikrdasiz?

- Chempionatning dastlabki qismini ko‘tarinki ruhda o‘tkazdik, deb ayta olaman. Faqat Osiyo Chempionlar Ligasidagi omadsiz ishtirok muxlislarimiz oldida bizni uyaltirib qo‘ydi. OCHLda klub oldiga qo‘yilgan vazifani bajara olmadik, guruhda qolib ketdik. Bu narsa bizni tushkun holatga ham tushirib qo‘ydi. Endi bor e’tiborimizni oliy liga va mamlakat kubogidagi ishtirokimizga qaratamiz. Birinchi davradan so‘ng turnir jadvalida peshqadamlik qilyapmiz. Niyatimiz - mavsum so‘nggida hozirgi o‘rnimizni saqlab qolish.

- «Lokomotiv»ning OCHLdagi omadsiz ishtirokiga nima sabab bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?

- Tarkib borasida raqib jamoalardan sezilarli darajada kuchsiz emasdik. Lekin ba’zi joylarda o‘z imkoniyatimiz darajasida o‘ynay olmadik. Ayrim holatlarda omad bizdan yuz o‘girdi. Toshkentda o‘tkazgan uchrashuvlarimizda bu yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. Ayniqsa, o‘z maydonimizdagi oxirgi ikkita o‘yinda tayyor g‘alabani boy berganimiz juda alamli bo‘ldi. So‘nggi 10 daqiqa ichida o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqib, durang bilan kifoyalandik.

- Ikkinchi davra boshlanishi arafasida turnir jadvalida 8 ochkolik farq yuzaga kelgan. Bu «Lokomotiv»ning chempion bo‘lishi uchun yetarli bo‘larmikan?

- Hozirdan taxmin qilish mumkinki, ikkinchi davrada ochko olish oson bo‘lmaydi. Bir qarashda 8 ochkolik farq katta bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo xotirjamlikka aslo berilmasligimiz kerak. Boshqa tomondan, chempionlik poygasidagi asosiy raqiblarimiz sezilarli tarzda tarkibni kuchaytirishyapti, o‘z oldilariga jiddiy maqsadlarni qo‘yishyapti. O‘ylaymanki, bu yil chempionlik unvonini o‘zimizda saqlab qolamiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:12, 25.07.2017.
O'qildi: 3582 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.