Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Murod Bobojonov: “Buxoro” bilan bo‘ladigan o‘yinga qizg‘in hozirlik ko‘ryapmiz"

Murod Bobojonov: “Buxoro” bilan bo‘ladigan o‘yinga qizg‘in hozirlik ko‘ryapmiz"

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” jamoasi davralar oralig‘idagi tayyorgarlik jarayonini endilikda o‘z qarorgohida davom ettirmoqda.
“Temiryo‘lchilar” 28 iyulda O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida “Buxoro”ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazadi. Jamoa hujumchisi Murod Bobojonov mazkur bahsga hozirlik jarayoni xususida klub matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.

- Murod, “Lokomotiv” Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik jarayonini qay tariqa olib bordi?
- Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonini yaxshi boshladik. Yaqinda Minsk shahrida o‘quv-yig‘ini o‘tkazib qaytdik. U yerda 3 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushdik. Bu o‘yinlarda 2 ta g‘alaba hamda 1 ta durang qayd etdik. Umuman olganda, xorij yig‘ini a’lo darajada o‘tdi. Ana endi Toshkentga qaytib ham mashg‘ulotlarni davom ettiryapmiz. Tarkibimiz ancha kuchaytirilmoqda. Qolaversa, jarohat olgan futbolchilar ham safga qayta boshlashdi. Nasib etsa, ikkinchi davrani ajoyib tarzda o‘tkazmoqchimiz.

- “Lokomotiv”ni 28 iyul kuni Kubok doirasidagi “Buxoro” bilan o‘yin kutib turibdi…
- Ushbu o‘yinga ham hozirlikni davom ettiryapmiz. Har kuni mashg‘ulotlar o‘tkazilyapti. Mashg‘ulotlar ancha rang-barang hamda qiziqarli o‘tayotganini ta’kidlashim lozim.

- Raqib jamoa o‘yini ham tahlil etilmoqdami?
- Ha, albatta. Masalan, kuni kecha “Buxoro” bilan chorak final ilk o‘yinimizni tomosha qildik. O‘sha bahsda “Buxoro” ham ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. Uchrashuv esa durang bilan nihoyasiga yetgan edi. Ushbu klub ham ancha shakllanganini chempionat davomida namoyish etib kelyapti. Birinchi o‘yinda ancha qiyinchilikka duch kelganimiz bejiz emas.

- “Lokomotiv” chempionat bilan birgalikda kubok bahslarida ham o‘z oldiga eng oliy maqsadni qo‘ygan bo‘lsa kerak…
- Ha, albatta! Biz faqat va faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz!

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:19, 25.07.2017.
O'qildi: 3760 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.