Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Dinamo" nazorat o‘yinida "NBU-Osiyo"ni mag‘lub etdi

"Dinamo" nazorat o‘yinida "NBU-Osiyo"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Bu safar «Dinamo»ga qarshi Birinchi Liga peshqadamlaridan biri «NBU-Osiyo» jamoasi saf tortdi. Jamoa murabbiylari bu o‘yinda ham ikki xil tarkibga o‘yin amaliyoti berishdi. Shu kuni jarohati bois Radu Rogak va Jonibek Ko‘chimov «Dinamo»ga yordam bera olishmadi.

Shuningdek, shu kuni jamoa tarkibida ukrainalik 20 yoshli hujumkor yarimhimoyachi Artyom Makarchenko murabbiylar ko‘rigida ishtirok etdi.

Uchrashuvdagi uchta gol ham 11 metrlik nuqtadan kiritildi. «Dinamo»ning gollariga Iskandar Xolmirzayev va Abdumalik Abdullayev mualliflik qilishgan bo‘lsa, «Bankchilar» golini Orifxo‘ja Abduxoliqov kiritdi.

Shunday qilib, ikkinchi davra oldidan Toshkentda 4 ta nazorat o‘yini o‘tkazgan «Dinamo» dastlabki bahsda durang qayd etgan bo‘lsa, so‘nggi 3 o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.

Nazorat uchrashuvi. Toshkent.

25 iyul (seshanba)

«DINAMO» - «NBU-OSIYO» - 2:1

Gollar: Iskandar Xolmirzayev 59 pen., Abdumalik Abdullayev 68 pen., - Orifxo‘ja Abduxoliqov 57 penaltidan.

«Dinamo» (1-bo‘lim): Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Shohruh Xolmatov, Adnan Oraxovas, Aleksey Nikolayev, Jasur Azimov, Artyom Makarchenko, Jasur Qurbonov, Komil Sharofutdinov, Doniyor Ismoilov, Sardor Sulaymonov.

«Dinamo» (2-bo‘lim): Temur Jo‘rayev, Hakimxon A’lamxonov, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov, Timur Fayzullayev, Iskandar Xolmirzayev, Orif Mamajonov (Abbos Abdukarimov), Muhammad Rajabov, Artyom Makarchenko, Amirjon Safarov, Abdumalik Abdullayev.

«Dinamo». Toshkent. 20-25 iyul.

Nazorat uchrashuvlari:

20 iyul: «Dinamo» – «Navbahor» - 0:0

21 iyul: «Dinamo» – «Lokomotiv-BFK» - 2:1

22 iyul: «Dinamo» – «Qizilqum» - 2:0

25 iyul: «Dinamo» – «NBU-Osiyo» - 2:1

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» O‘zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi dastlabki uchrashuvni 31 iyul kuni «Bunyodkor» - «Neftchi» juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

5 avgust kuni esa ikkinchi davraning dastlabki o‘yini – 16-tur doirasida Samarqandda «Metallurg»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:33, 26.07.2017.
O'qildi: 3136 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.