Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Edgar Gess hayotida uchinchi bor «Sho‘rtan» bosh murabbiyi bo‘lishga erishdi

Edgar Gess hayotida uchinchi bor «Sho‘rtan» bosh murabbiyi bo‘lishga erishdi

Baho:
+ | -

G‘uzorning «Sho‘rtan» futbol klubi Edgar Gessni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Gess «oq bo‘rilar» boshqaruviga munosib nomzod deb topilgan.

Bunda Gess avval ham «Sho‘rtan»da faoliyat ko‘rsatgan, g‘uzorlik muxlislar mehrini qozongan va aytish joizki, hozircha jamoa tarixidagi eng yuksak natijani qayd etgan mutaxassis sifatida tanishtirilgan.

Edgar Gess bunga qadar ham ikki bor «Sho‘rtan» bosh murabbiyi etib tayinlangan va tabiiyki, shuncha marta iste’foga chiqarilgan. Bu borada murabbiy uchinchi iste’fo sari birinchi qadamni tashladi.

U 2009—2011 va 2012—2013 yillarda «Sho‘rtan»ni boshqargan. Klubning Oliy ligadagi eng yaxshi natijasi 4-o‘rin bo‘lib, bu Edgar Gess murabbiyligida 2010 yil qo‘lga kiritilgan. O‘sha yili g‘uzorliklar O‘zbekiston kubogining finaliga qadar yetib borgan va kelasi yil OFK kubogida ishtirok etib, guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tgan.

«Sho‘rtan» ayni vaqtda muammolar girdobida qolgan. Serbiyalik sobiq futbolchisidan qolib ketgan qarzini bir amallab to‘lagan klub, endi belaruslik murabbiy Igor Kriushenko va u olib kelgan yordamchiga ham qarzini qaytarishi kerak. FIFA esa «Sho‘rtan»ni Birinchi ligaga tushirib yuborish talabini qo‘ygan.

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 10:44, 26.07.2017.
O'qildi: 3914 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.