Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston delegasiyasining benefisi bilan yakunlandi

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston delegasiyasining benefisi bilan yakunlandi

Baho:
+ | -1

24-29 iyul kunlari Nepal poytaxti Katmandu shahri og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqada O‘zbekiston sharafini 15 nafar o‘qil-qizlarimiz himoya qilishdi.

Jumladan qizlar terma jamoamiz tarkibidan Zuhra Otajonova, Shaxloxon Abdullayeva, Kumushxon Fayzullayeva, Zarnigor Abdurahmonova, Tursunoy Jabborova, Gulnoza Ahmadova va Shodmonoy Ochilova joy olgan bo‘lishsa, o‘smirlar terma jamoasi tarkibi Musharrafbek Rahimov, Asadbek Narimanov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sarvar Toshtemirov, Alisher Rajabov, Azimjon Xojiyev, Saidmuxtor Saidahrorov va Aleksandr Li kabi yosh polvonlarimiz bilan to‘ldirildi.

Sir emaski, sportning og‘ir atletika turida O‘zbekiston qit’ada yetakchi terma jamoalar sirasiga kiradi. Buni mamlakatimiz atletlari eng nufuzli xalqaro musobaqalarda isbotlab kelishmoqda. E’tiborlisi, so‘nggi paytlarda o‘zbekistonlik yosh polvonlar nafaqat Osiyoda, balki jahonda ham o‘z mahoratlarini namoyish etib, ko‘pchilikning e’tiboriga tushib ulgurishdi. Shu boisdan ham Ruslan Nuruddinovning XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi zafarli yurishi, ham chempionlik ham Olimpiya rekordini tantana qilishi bejiz emas, albatta.

Quvonarlisi, turli yosh toifalarida tashkil etilayotgan Osiyo va jahon chempionatlari shuni ko‘rsatmoqdaki O‘zbekistonda atletlarning yangi avlodi, har tomonlama kuchli va baquvvat, irodasi mustahkam, g‘alabaga o‘ch yoshlar voyaga yetmoqda. Demak, yurtimizda Ruslanning munosib vorislari kamol topayapti.

Sayyoramizning eng baland cho‘qqisi – Everest tog‘i bilan mashhur bo‘lgan Nepal mamlakati mezbonligida o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston favoritlar qatorida zikr etilgandi. Musobaqa davomida hamyurtlarimiz buni amalda isbotlashni ham uddalashdi. Qizlar o‘rtasida 75 kilogramm vazn toifasida kurash olib borgan Gulnoza Ahmadova barcha raqiblarini ortda qoldirib, ham dast ko‘tarish, ham siltab ko‘tarishda oltin medallarni qo‘lga kiritdi va ikkikurash natijasiga ko‘ra ham tengsiz deb toplib Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.

63 kilogramm vazn toifasida chiqish qilgan Kumushxon Fayzullayeva esa ikkita oltin va bitta bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, Tursunoy Jabborova (69 kg.) uchta kumush, Shaxlo Abdullayeva (58 kg.) uchta bronza va Shodmonoy Ochilova (90 kg.) ikkita bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Natijada O‘zbekiston qizlar terma jamoasi 17 ta mamlakat vakillari orasida Xitoy delegasiyasidan so‘ng faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni esa Tailand termasi yakunlab berdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlar yanada keskin va shiddatli ruhda kechib, unda o‘zbekistonlik yoshlar qit’ada tengsiz ekanliklarini amalda isbotlay olishdi. Ayniqsa Sarvar Toshtemirov (69 kg.) va Aleksandr Li (94 kg) qayd etgan natijalar tahsinga sazovor. Har ikkala sportchimiz uchtadan oltin medallarga sazovor bo‘lib, o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lishdi va Osiyo chempionligini tantana qilishdi.

Saidmuxtor Saidahrorov (94 kg.) uchchala yo‘nalishda kumush medallariga loyiq ko‘rildi. Azim Xojiyev (85 kg.) uchta, Musharrafbek Rahimov (62 kg.) ikkita va Muhammadqodir Toshtemirov bitta bronza medallariga ega chiqishdi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 27 mamlakat delegasiyalari orasida birinchi o‘rinni egallab, eng yaqin ta’qibchilari Tailand va Eron termalaridan ilgarilab ketdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mamlakat og‘ir atletika federasiyasi rahbariyati, terma jamoa murabbiylar shtabi va albatta sportchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi. Kelgusi musobaqalarda ham atletlarimizga g‘oliblik ruhi yor bo‘lishi, g‘alabalar bardavom bo‘lishini tilaydi. Osiyo chempionatida ishtitirok etgan delegasiyamiz a’zolari o‘tirgan samolyot bugun, 29 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Toshkent shahridagi Islom Karimov Xalqaro aeportiga kelib qo‘nadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 09:52, 29.07.2017.
O'qildi: 14197 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.