Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

International Champions Cup. Bugun «Real» va «Barselona» ishtirokida «El Klasiko» bo‘ladi

International Champions Cup. Bugun «Real» va «Barselona» ishtirokida «El Klasiko» bo‘ladi

Baho:
+2 | -

Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlarida ishtirok etuvchi klublar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiroqda. Bugun bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ular orasida eng qiziqarlisi Ispaniyaning ikki grandi — «Real» hamda «Barselona» to‘qnashuvidir. Chempionlar xalqaro kubogining AQSH turnesida ishtirok etayotgan bu jamoalar o‘zaro saf tortadi. Keyinroq ular Ispaniya Superkubogi g‘olibini aniqlab berish uchun Ispaniyaning o‘zida ikki o‘yin o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan. 13 avgust kuni «Real» Kamp Nou»ga, 16 avgust kuni esa «Barselona» «Santyago Bernabeu»ga tashrif buyuradi.

Chempionlar xalqaro kubogida bugun — 29 iyul kuni yana ikki qiziqarli o‘yin bor. AQSHda «Manchester Siti» va «Tottenhem» futbolchilari maydonga chiqib kelsa, Singapurda «Chelsi» Milanning «Inter» klubiga qarshi saf tortadi.

Xitoy turnesidan qaytib kelgan Londonning «Arsenal» klubi Emirates Cup turniri doirasida Portugaliyaning «Benfika» klubiga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.

29 iyul sanasidan faqatgina 1 ta rasmiy bellashuv joy olgan. Fransiya chempionati starti oldidan mamlakatning ikki yetakchisi — «PSJ» va «Monako» o‘zaro Superkubok g‘olibini aniqlab berish yo‘lida raqobat olib boradi. «PSJ» Fransiya Liga kubogi va kubogida zafar quchgan bo‘lsa, monakolik futbolchilar mamlakat chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:26, 29.07.2017.
O'qildi: 20849 marta.
Fikrlar: 44 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.