Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Metallurg» tarkibidagi o‘zgarishlar jamoani kuchsizlantirdimi?

«Metallurg» tarkibidagi o‘zgarishlar jamoani kuchsizlantirdimi?

Baho:
+ | -

“Metallurg” tarkibidagi o‘zgarishlar haqida jamoa boshlig‘i Shavkat Saidov axborot berdi.

"Jamoamiz tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotganligi bor gap. Asosiy darvozabon Suhrob Sultonovga bir necha yillardan buyon o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan jamoalardan qiziqishlar bo‘layotgandi. Davralar oralig‘ida uni xuddi shunday klublardan biri – Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga kuzatib qo‘ydik. Undan biroz oldinroq markaziy himoyachilarimizdan ikki nafari bilan xayrlashgandik. Islom Qobilov bizda ijara asosida o‘ynayotganligi bois transfer huquqiga ega “Bunyodkor”ning o‘yinchini qaytarish borasidagi taklifiga e’tiroz bildirolmadik. U bilan U-22 terma jamoamiz safida Osiyo chempionatining saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashgan Dostonbek Tursunov esa ikkinchi davrani o‘z viloyati bosh jamoasi – “Neftchi”da o‘tkazishni xohladi. Farg‘ona klubi mutasaddilari bilan muzokaralar olib borganimizdan so‘ng, uni “Neftchi”ga yarim yillik muddatga ijaraga berishga qaror qildik.

Birinchi davrada bizda deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan Vusol Magerramov “Olmaliq”da, Doniyor Ismoilov esa “Dinamo”da ijara asosida to‘p surishga ruxsat so‘rashdi. Shuningdek, Kamronbey Kopadze, Farhod Namozov, Timur Usmonov bilan xayrlashdik. Ammo muxlislarimiz xavotirga tushmasligini istardim. Ayni paytdagi tarkibimiz bilan ham ijobiy natijalarga erishamiz, deb o‘ylayman. Qolaversa, murabbiylar tarkibni kuchaytirish borasida ham izlanishyapti. Jumladan, “Obod”dan universal himoyachi Abror Xusinovni tarkibga qo‘shib oldik. Mazkur jamoaning yana bir o‘yinchisi, yarimhimoyachi Doniyor Hasanovning transfer huquqi ham “Metallurg”ga tegishli. U bilan ham klubimiz shartnoma imzolagan. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra Doniyor bu mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida ”Qo‘qon 1912” jamoasida o‘tkazadi.

Shuningdek, “Bunyodkor”tarbiyalanuvchisi Javohir Esonqulov ham “Metallurg”ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Asli “Metallurg” tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Zufarjon Akbaraliyev va Siroj Toshpo‘latov birinchi ligada mahoratlarini oshirib, tajriba to‘plashib safimizga qaytishdi. Yoshlar tarkibidan ham bir qator iqtidorli o‘yinchilarni qo‘rqmasdan asosiy tarkibga jalb etish fursati yetdi deb o‘ylayman. Ikkinchi davrada bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lasiz" - dedi Shavkat Saidov.

Jamoa boshlig‘ining fikri o‘laroq “Bunyodkor”, “Qizilqum” va “Istiqlol”ga qarshi nazorat uchrashuvlarida markaziy himoya chizig‘ida Xudoyshukur Sattorov, hujumda esa Muhammadjon Sultonov maydonga chiqdi va o‘zlarining ijobiy tomonlarini namoyish etishdi. Muhammadjon “qaldirg‘ochlar” darvozasiga gol kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, yoshlar tarkibi posboni Timur To‘ychiyev, himoyachi Abror Toshqo‘ziyev ham asosiy tarkib yukini bemalol tortishiga ishonch bor.

Mazkur futbolchilar ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida asosiy tarkib o‘yinchilari qatorida shug‘ullanishayotgani fikrimiz isbotidir. “Metallurg” PFK jamoa tarkibiga jalb etilgan yangi o‘yinchilarini 31 iyul sanasida O‘zPFL qo‘shimcha buyurtmasidan o‘tkazishni rejalashtirgan.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 12:43, 30.07.2017.
O'qildi: 3265 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик