Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Vagiz Galiulin terma jamoa murabbiylaridan chaqiruv kutmoqda

Vagiz Galiulin terma jamoa murabbiylaridan chaqiruv kutmoqda

Baho:
+ | -

Jurnalist Elmurod Ermatov o‘zbekistonlik futbolchi, ayni vaqtda Rossiya Premyer-ligasida ishtirok etayotgan «Tosno» klubi a’zosi Vagiz Galiulindan intervyu oldi.

Aytingchi, terma jamoa bosh murabbiyidan nima talab qilinadi? Juda oddiy savol to‘g‘rimi?
Javobi ham oddiy: «Bosh murabbiy mamlakatda voyaga yetgan va o‘z jamoasi safida yetuk o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilarni yig‘ib, ya’ni terib olib, MTJni shakllantirishi, kerakli natijalar sari intilishi lozim».

Taktika, o‘yin falsafasi haqida gapirmaymiz. Chunki, bu haqda murabbiyning o‘zi bosh qotirsin.

Milliy terma jamomiz jahon chempionati eshigini ochishi uchun oldinda ikkitagina o‘yin turibdi. Xitoy bilan mehmonda va Toshkentda Janubiy Koreya vakillariga qarshi bo‘ladigan so‘nggi o‘yin.

Qarangki, shu ikkala bahsdagi ijobiy natija bizni mundialga olib chiqadi. Hali bizda yaxshi imkoniyat bor. Ikki o‘yinni yut va maqsadga yet!

Tarkib borasidagi muammolar yetarli ekanini Eron bilan bo‘lgan bahsda guvohi bo‘ldik. Tajribali himoyachi Vitaliy Denisovning jarohati MTJ o‘yiniga salbiy ta’sir qilgani ham bor gap.

Bilasizmi, Rossiya premyer ligasining «Tosno» klubida «vunderkind» laqabli Vagiz Galiulin to‘p suradi. Vagiz o‘tkazilgan uch turda «Tosno» tarkibida 90 daqiqadan to‘p surdi. To‘g‘ri, Premyer-liga debyutanti bo‘lgan «Tosno» bu turlarda «Ufa», «Krasnodar» va «Zenit» kabi raqiblarga yutqazdi. Lekin, aynan hamyurtimiz Galiulin ko‘rsatgan o‘yinlarga futbol mutaxassislari yuqori baho berishgan.

Vagiz bilan telefon orqali uzoq suhbatlashdik:

- Vagiz, zdrastvuyte!  
- Assalomu alaykum. Aka, bemalol o‘zbekcha gapiravering.
- Vagiz, jamoangiz o‘yinini kuzatib boryapman.
- Rahmat, o‘yinlarni yaxshi o‘ynab, yutqazdik. «Tosno» Premyer-ligaga moslashish yo‘lida harakat qilyapti. 
- Ayni paytda jismoniy holatingiz qanday?
- Ideal darajada. Bilasiz Premyer-ligada  talab kuchli, bu yoqda legionerlar limiti. Maydondagi harakatlarim murabbiylarni qoniqtiryapti. Men esa tinimsiz harakatdaman.
- MTJ keyingi oy JCH saralash bahsida o‘ynaydi. Chaqiruv bo‘ldimi?
- Kutyapman. Lekin, Samvel Babayan murabbiylar shtabi tomonidan hech kim aloqaga chiqmadi. Terma jamoamizning barcha o‘yinlarini kuzatib boraman. Agar chaqirishsa, bor kuchimni berib o‘ynagan bo‘lardim.
- Sizni chaqirmasliklari sababi nimada deb o‘ylaysiz?
- Hech qanday sabab yo‘q, menimcha... O‘tgan yili birinchi divizionda o‘ynayotganim uchun chaqirishmayapti, deb o‘ylardim. Bu yil kuchlilar ligasidaman. Takrorlash bo‘lsa ham aytaman: «Men MTJga mundialga chiqish uchun yordam berishga tayyorman!». Men har doim O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘p surishni sharaf deb bilganman.

Maydonning istalgan hududida to‘p surishi mumkin bo‘lgan tajribali futbolchi terma jamoaga chaqirilmayotgani tushunarsiz holat. Har qanday terma jamoada kuchli ligalarda o‘ynayotgan legionerlarga alohida e’tibor beriladi. Sababi esa aniq. Chunki, uning mahorati bo‘lmasa, katta mablag‘ evaziga sotib olishmagan bo‘lardi.

Ne ajabki, ayni paytda Rossiya Premyer-ligasida o‘ynayotgan futbolchimiz MTJ uchun «o‘yindan tashqari holatda» qolgan.

MTJ murabbiylar shtabi Galiulinni termaga chaqirsa, foydadan xoli bo‘lmasligi aniq. Biz esa kutishda davom etamiz. Ishqilib, kuta-kuta JCH yo‘llanmasini qo‘ldan chiqarib yubormasak bo‘lgani...

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 16:38, 31.07.2017.
O'qildi: 6904 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.