Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Sementchi" bosh murabbiyi: «Futbolchilarimiz jamoadan qarzdor»

"Sementchi" bosh murabbiyi: «Futbolchilarimiz jamoadan qarzdor»

Baho:
+ | -

Tabiiyki, birinchi liga vakillari ham hal qiluvchi bosqich o‘yinlariga alohida tayyorgarlik ko‘rishmoqda, ayniqsa, yetakchilar. Xususan, birinchi davrada 41 ochko to‘plagan va turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan Quvasoyning «Sementchi» klubi Turkiyaning Antaliya shahriga borib keldi.

Shu kunlarda jamoaning o‘quv-mashg‘ulotlari Quvasoyda davom ettirilyapti. Aytish joiz, «Sementchi» bosh murabbiyi Abdumalik Hakimovning natijalari yildan yilga yaxshilanmoqda.

Vaqtida futbolchi sifatida aynan quvasoyliklar sharafini himoya qilgan yosh mutaxassis 2015 yili 4 va keyingisida 3-o‘rinni ta’minlagandi.

Mana, joriy mavsum jamoa oliy ligaga ko‘tarilishga da’vogar bo‘lib turibdi. Xullas, jamoa bosh murabbiyi bilan suhbatimiz, ikkinchi davraga tayyorgarlik va Turkiya safari xususida kechdi.

- Yaqinda Turkiyaning Antaliya shahridan qaytdinglar. U yerda yig‘in olib borildimi yoki...?

- Turkiyaga shunchaki, hordiq chiqarish uchun bordik. Ya’ni u yerda hech qanday mashg‘ulot o‘tkazmadik. Chunonchi, klub rahbariyati birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlasak, futbolchilar va murabbiylar shtabini rag‘batlantirishga va’da bergandi.

Xullas, klub o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajardi va rahbarlar va’daga vafo qilib, Turkiyaga yuborishdi. Nasib qilsa, endi keyingi mavsum oldidan Antaliyaga o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini uchun boramiz.

- Oliy liga yo‘llanmasi qo‘lga kiritilsa ham, qandaydir mukofot olasizlarmi?

- Albatta. Lekin har qanday holatda ham, oliy ligada o‘ynash huquqini olishimiz shart. Demoqchimanki, bu vazifani xorijga borish yoki qandaydir qimmatbaho sovg‘aga erishish uchungina amalga oshirmaymiz.

Axir oliy liga yo‘llanmasining o‘zi futbolchilar uchun eng katta sovg‘a bo‘ladi. Ayni payt Quvasoyda shug‘ullanyapmiz. Yig‘inga o‘zim o‘yinlarini ko‘rgan va kuzatib yurgan yangi futbolchilarni ham jalb qilganman.

-  Ulardan kimlarni alohida ko‘rsata olasiz?

- Mashg‘ulotlarimizga 7-8 nafar yangi futbolchi qo‘shilgandi. O‘z o‘rnida, ayrim yigitlar safimizni tark etishdi. Deylik, Umid Matmusayev va Oqil Mahmudovga javob berdik. Umid «Mash’al»dan taklif olgandi va uning ketishiga qarshilik ko‘rsatmadik.

Sobiq futbolchilarimiz - Jamshid Qobulov va Sunnatillo Ermatovni ortga qaytardik. Ular o‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yinlari bilan oliy liga jamoalari e’tiboriga tushgandilar.

Yakunda klub rahbariyati Qobulovni «Neft­chi» va Ermatovni «Obod»ga qo‘yib yuborgandi. Mana, jamoamiz oldiga ulkan maqsad qo‘yilganini hisobga olib, har ikkisini qayta chaqirib oldik. Ular ayni payt jamoamiz mash­g‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

- Tushunarliki, oliy liga yo‘llanmasini yutish oson emas. Xo‘sh, «Sementchi» ikkinchi davrada bo‘ladigan jiddiy kurashga nechog‘li tayyor?

- Haqiqatan ham, buyog‘iga o‘yinlar o‘ta murosasiz kechishi tayin. «Andijon» va «Surxon» kabi raqiblar ham elitaga qaytishdan umidvor.

Demakki, ozgina e’tiborsizlik qimmatga tushishi mumkin. Muhimi, maqsad sari barqaror intilishda davom etsak, bas. Ortga yo‘l yo‘q. Maqsad oliy ligaga chiqish ekan, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish shart. 

- Deylik, «Sementchi» oliy ligaga chiqsa, jamoaning uy stadioni barcha talablarga javob beradimi?

- «Sementchi» vaqtida oliy ligada o‘ynagan. To‘g‘ri, ayni payt stadionning o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. Lekin kuchlilar safiga yo‘l olsak, ular bartaraf etiladi, albatta. Ishonamanki, bu borada muammo tug‘ilmaydi.

- Turkiya sayohatini nazarda tutsak, jamoaning moliyaviy holati chakki emas. Lekin oliy ligada o‘ynash ancha ko‘p xarajat talab qilishi ham tayin.

- Ayni holat bo‘yicha gapirsam, qarz­dorlik yo‘q. Birinchi davraning barcha o‘yinlari uchun maosh va mukofot pullari vaqtida berildi. Xullas, bu masaladan ko‘ngil to‘q.

Aksincha, futbolchilar jamoadan qarzdor. Bu qarz­ni uzishning bitta yo‘li bor - oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Umuman, rahbariyat oliy ligaga chiqish vazifasini qo‘ygan ekan, agar buni uddalasak, shunga yarasha chora-tadbirlarni ko‘radi.       

- Endi tayyorgarlik xususida: yig‘in sifatidan ko‘nglingiz to‘l­yaptimi?

- Hammasi reja asosida ketyapti. Xususan, o‘rtoqlik uchrashuvlariga jiddiy yondashyapmiz. O‘ylaymanki, «Neftchi», «Navbahor» va «Qo‘qon-1912» kabi oliy liga vakillariga qarshi kechadigan nazorat bahslari jamoamizga katta naf beradi. Bundan tashqari, «Andijon» bilan kuch sinashishni rejalashtirganmiz.

- Yakunda jamoa murabbiylar shtabi xususida ham ma’lumot bersangiz...

- Joriy mavsum Ilhom Zaylobiddinov va Eldor Sakayev bilan birga ishlayapmiz. Jamoamizning muvaffaqiyatli ishtirokida ularning xizmatlari ham katta.

O‘zim vaqtida «Sementchi» sharafini himoya qilganman. Quvasoyda murabbiy sifatida ish boshlaganimga esa 3 yil bo‘ldi.

Bitta jamoaning to‘liq shakllanishi uchun ma’lum vaqt kerak, albatta. Muhimi, biz qisqa fursat ichida oliy liga klublari uchun bir qator futbolchilarni tayyorlab berdik.

Misol uchun, Nodir Kamolov va Elyor Akbarov «Qizilqum»da, Umid Matmusayev va Sunnat Ermatov «Obod»da, Jamshid Qobulov esa «Neftchi»da o‘ynadi. Xullas, mehnatlarimiz samarasiz ketmayotganidan xursandmiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:19, 04.08.2017.
O'qildi: 3608 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.