Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Akmal Shorahmedov: «Bunyodkor»ni mag‘lub etishimiz shart»

Akmal Shorahmedov: «Bunyodkor»ni mag‘lub etishimiz shart»

Baho:
+ | -

Kecha bo‘lib o‘tgan “Buxoro” – “Nasaf” 1:0 uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar yetakchisi va tajribali futbolchisi Akmal Shorahmedovdan bo‘lib o‘tgan o‘yin haqidagi fikrlarini so‘radik.

— Muhim uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraganimizdan afsusdaman. Menimcha, jamoadoshlarim keyingi o‘yin haqida ko‘proq o‘ylab yuborishdi (“Nasaf” 18-turda “Bunyodkor” bilan bellashadi - izoh muallifniki). Bugun bizga kurashuvchanlik ruhi yetishmadi. Raqib jamoa bizga nisbatan bu borada ustunlik qildi. Bu kamchiligimiz ketma-ket takrorlanayapti, ya’ni safardagi o‘yinlarni sust o‘tkazayapmiz. Endi bunga chek qo‘yish kerak. To‘g‘risi, muxlislarimizni tushunib turibman, ular vaqtlarini ayamasdan, uzoq masofa yo‘l bosib, biz bilan birga bo‘lishdi. Buni qadriga yetishimiz kerak. Chempionatda  oddiy o‘yinlar bo‘lmaydi. Har bir gol, har bir ochko, qo‘lga kiritiladigan yakuniy natijaga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi, “Bunyodkor” bilan uchrashuv. Bu uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz zarur va shart. Bizni boshqa natija qoniqtirmasligi kerak. G‘alaba qozonish uchun esa har tomonlama tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu tayyorgarliklar ertadan boshlanadi. Umid qilamanki, jamoadoshlarim buni chuqur anglab turishibdi. Buni biz uddalaymiz.

Jamoamiz muxlislariga esa, kayfiyatni tushurmasdan “ajdarlar”ni har doimgidek qo‘llab-quvvatlang, biz bir maqsad uchun kurashadigan – yakdil jamoamiz deb, qolaman.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:58, 13.08.2017.
O'qildi: 7251 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.