Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ilhom Sharipov: «Dinamo» - «Paxtakor» o‘yinida ikki tomonga ham oson bo‘lmaydi»

Ilhom Sharipov: «Dinamo» - «Paxtakor» o‘yinida ikki tomonga ham oson bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi va muxlislar o‘rtasida yanada yaqin aloqalar o‘rnatib, bevosita savol-javob tashkil etish uchun 15 avgust, seshanba kuni «Dinamo» stadionida muxlislar va «Dinamo» klubi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

«Dinamo» klubi rahbariyati, futbolchilar va murabbiylar shtabi qatnashgan ushbu tadbirda jamoaning eng ashaddiy va jonkuyar muxlislari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan jamoa a’zolariga murojaat etishdi.

Xususan, savollarga jamoa bosh menejeri Ilhom Sharipov javob berar ekan, shunday dedi:

- Avvalambor, ushbu uchrashuvda siz aziz muxlislarimiz bilan ko‘rishib turganimizdan xursandmiz. Bilasiz, futbol avvalo muxlislar uchun. Samarqandlik futbol ishqibozlari jamoamizning har qanday natijasiga qaramay, «Dinamo»ni xoh uyda, xoh safarda tinmay qo‘llab-quvvatlashmoqda. Buning uchun ulardan minnatdormiz. Chindanam, ikkinchi davra o‘yinlarini omadsiz boshladik. Kubok yarim finalida «Bunyodkor» bilan safarda durang qayd etgan bo‘lsakda, Oliy Liganing so‘nggi ikki turida o‘rtamiyona jamoalarga qarshi o‘ynab, mag‘lubiyatga uchradik. Bu natijalar biz kabi muxlislarimizni ham ranjitgani tabiiy. Ko‘pchilikda «Dinamo» ikkinchi davraga tayyor emasmidi?» qabilidagi savollar tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Bunga javoban aytaman, biz davralar oralig‘ida jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Tarkibimizdan aksariyat futbolchilar boshqa jamoaga o‘tgan bo‘lsalarda, ularning o‘rnini Farhod Tojiyev, Adnan Oraxovas, Muhammad Isayev, Doniyor Ismoilov singari yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan to‘ldirdik. So‘nggi ikki o‘yindagi qoniqarsiz natija omadsizlik bilan bog‘liq. Yigitlar bilan jiddiy ishlashda davom etayapmiz, umid qilamanki bu tez orada o‘z samarasini beradi.

Ilhom Sharipov muxlislarning «Paxtakor»ga qarshi o‘yin borasidagi savollariga ham javob berdi.

«Chindanam, biz birinchi davrada mag‘lub etgan «Paxtakor» bilan bugungisi o‘rtasida farq katta. «Neftchi» bilan o‘yinda ularning kuchini ko‘rdik. Ammo, «Dinamo» - «Paxtakor» uchrashuvida har ikki tomonga ham oson bo‘lmaydi. Yigitlarimiz ham ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Biz Samarqandda muxlislarimiz qarshisida ularni xursand etish uchun bor kuch va g‘ayratimizni sarf etamiz. Maqsadimiz Oliy Liga bahslarida yaxshi natijalar ko‘rsatish va kubokda eng avvalo finalga chiqishdir» - dedi Ilhom Sharipov.

Murabbiylardan Oleg Tyulkin, futbolchilardan Akmal Bozorov, Abdumalik Abdullayev, Farhod Tojiyev, Muhammad Isayev, Doniyor Ismoilov, Adnan Oraxovas, Amirjon Safarov, Sardor Sulaymonovlar so‘zga chiqib, muxlislarning savollariga javob qaytarishdi.

Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda ishqibozlar «Dinamo» jamoasiga keyingi bahslarda omad va zafarlar tilab qolishdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:34, 17.08.2017.
O'qildi: 5524 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик