Ispaniya La-ligasining navbatdagi mavsumi ertaga start olmoqda. Shu munosabat bilan saytimizda o‘tkazib kelinayotgan "Futbol bashorati" tanlovining Ispaniya chempionati bo‘yicha yangi mavsumini boshlayapmiz.
Tanlov qoidalari
A) Saytda ro‘yxatdan o‘tgan muxlislar ishtirok eta oladi.
B) Saytdagi "Futbol bashorati" tanlovining La liga-2017/2018 bo‘limiga kirib, bitta turda keltirilgan o‘yinlar uchun o‘zingizning taxminiy natijalaringizni kiriting, so‘ngra "OK" tugmasini bosing. Turdagi o‘yinlarga variant kiritish bahs boshlanishiga 1 soat vaqt qolganida to‘xtatiladi.
Hisoblash tartibi
A) Hisobni to‘g‘ri topgan muxlisga 3 ball beriladi. Faqatgina g‘olib jamoani to‘g‘ri topgan muxlisga 1 ball berilsa, to‘plar farqini ham to‘g‘ri topgan ishqibozga 2 ball beriladi. Durang bilan yakunlangan o‘yinlarda siz ham durang natijani kiritgan bo‘lsangizu, hisob aniq bo‘lmasa ham 2 ball taqdim etiladi.
B) Natijalar va muxlislar reytingi bilan o‘sha sahifadagi "Reyting" bo‘limi orqali tanishib borasiz. Tanlov yakunida ochkolar teng kelib qolganda g‘olib nomi quyidagicha aniqlanadi:
— eng ko‘p topilgan aniq hisoblar soni;
— eng ko‘p topilgan to‘plar farqi;
Mukofot jamg‘armasi
Tanlov uchun mukofot jamg‘armasi ajratilgan bo‘lib, dastlabki 5ta o‘ringa quyidagicha mukofot beriladi:
1-o‘rin: 50 ming so‘m
2-o‘rin: 40 ming so‘m
3-o‘rin: 30 ming so‘m
4-o‘rin: 20 ming so‘m
5-o‘rin: 10 ming so‘m
Barchaga omad tilaymiz.
Futbol bashorati: Ispaniya La ligasi-2017/2018