Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Global savol: Babayandan keyin terma jamoani kim boshqaradi?

Global savol: Babayandan keyin terma jamoani kim boshqaradi?

Baho:
+ | -

Xo‘sh, kim? Inileev, Qosimov, Abramov?

Har uchalovi ham nazarimda munosib nomzod. Uchchalovi ham jamoamizda nimanidir o‘zgartirolgan, o‘yinini kuchaytirolgan. Ammo ularning hech biriga MTJ rulida Yoahim Lyov singari uzoq muddat qolish nasib etmagan. Ular o‘zlari xoxlagandek har zamonda yangi, yosh futbolchilarni katta akalari va legionerlar bilan birga o‘ynatib, 5-6 yilda haqiqiy lider bo‘la oladigan yangi avlodni tarbiyalashga imkon topa olmaganlar. Har qanday mag‘lubiyat ularni bu postdan chetlatilishga sabab bo‘lishi mumkinligini bilib, faqatgina bugun yaxshi o‘ynayotgan, bugun natija ko‘rsatayotgan o‘yinchilarni jalb qilishgan tarkibga.

Shuning uchun ham, har bir murabbiy o‘zi boshqargan tarkibni tarixdagi eng kuchlisi deya ta’kidlashdan charchamagan.

O‘n yil muqaddam balki Inileevga uo‘oq muddatli kafolatlangan murabbiylik kursisi taklif qilinganda, u tuzajak jamoa JAR ga emas, mayli Braziliyagayammas, «o‘zimizning» Rossiyaga qiyinchiliksiz borolmasmidi?

To‘g‘ri, muammolarimiz ildizi murabbiy yoki futbolchilarimizda emas, bizning «o‘zbekcha» futbol tizimimizda. Biz muxlislar tanqidu dashnomlar bilan murabbiyni almashtirishimiz, va hatto termaga nomunosib deya qaysidir futbolchinida jamoadan chetlata olarmiz. Lekin, futbolimiz tepasida, ko‘zga ko‘rinmasdan barcha uchun barcha qarorlarni qabul qilayotgan, futboldan ko‘ra salqin kabinetlarda kompyuter qarshisida savlat to‘kib o‘tirishni sevadigan amal kursisining egalarini biz o‘zgartirolmaymiz. Bor alamu haqoratlarimizni televizorimiz ekranida ko‘rib turganimiz —futbolchiyu murabbiylarga to‘kib solamiz. Modomiki salqin kabinetlarga dodimiz yetib bormas ekan nailoj, dardimizni yana o‘sha tv da ko‘rinadiganlarga ataveramiz.

Ularga aytar gapim bor...

Babayandankeyin O‘zbekistonmilliytermajamoasigatayinlanajakmurabbiyga, iltimos, shugaplarniyetkazinglar:«Mana bu sen o‘tiradigan murabbiylik kursisi. Bilginki, sen shunchaki 23 kishilik jamoaning murabbiyi emas, butun o‘zbek millatining faxri, g‘ururini himoya qilguvchi jangchilarning sarkardasisan.

Biz sendan ertaga natija kutmaymiz. Mayli, 2019-yilgi Osiyo Kubogiga borib shunchaki munosib ishtirok etsang bas. Faqat shu turnirda millat jamoasi uchun yorib chiqadigan, gol uraman deydigan 3-4 ta lochinlarni kashf qilib bergin.

Undan keyin Qatar-2022 uchun kurash boshlanadi. Ishonaver, uyoqqa borolmasangda biz seni o‘z o‘rningda qoldiramiz. Ammo Qatarga borolmasangda termamiz o‘yinini shu qadar o‘zgartirki, shu qadar jon berib yuguradigan yigitlarni topib tarbiyalaki, xalq va nihoyat bizning futbol ham tirildi deya seni olqishlasin.

Albatta bu oson emas. Buning uchun har bir o‘yin oldi va keyin jamoat oldiga chiqishing, ularning ishonchi sen uchun naqadar muhimligini ko‘rsatib bera olishing lozim. Qilayotgan ishlaring shaffof va vijdonan bo‘lsin. Har bir yaxshi yomon xabarni ovoza qilib, futbol ahli bilan muloqotda bo‘l.

Sifatsiz o‘yin bilan g‘alaba qozonib ommadan uzoqda bo‘lgandan ko‘ra, a’lo o‘yin bilan yutqazsang ham, sendan umidvorlarga hisob berib ularning ishonchiga kir.

Sendan oldingi Babayan deganlariga o‘xshab yutqazib qo‘yib, Afrika millatlar kubogini tomosha qilish bahona Misrga ketib qolmagin.

Undan keyin hash-pash demay 2023-yilgi OsiyoKubogi ham boshlanadi. Ishonamizki, olti yil davomida sen Osiyoda o‘z o‘rnini kengurusimon avstraliyaliklarga berib qo‘ymaydigan, burgutsifat o‘g‘lonlarni tayyorlagan, xalqaro o‘yinlarda suyagini qotirgan bo‘lasan.

Ishonamizki, forslaru koreyslar ham sen bilan hisoblashishga majbur bo‘lishadi. Ishonamizki, O‘zbekistonga medallar shodasi bilan qaytasan. Lekin unutma, biz sendan o‘shanda ham chempionlikni talab qilmaymiz.

Keyingi manzil esa, JCH-2026 bo‘ladi. Orada uch yil, bugundan hisoblasak sakkiz yil(2025yilgacha) MTJ sening ixtiyoringda.

Va nihoyat biz, ona Vataning, butun millat senga 2026-yilgi jahon chempionatiga chiqish vazifasini yuklaymiz. U davrga kelib seni tushunadigan, o‘zing tayyorlagan yigitlar bilan bu ishni amalga oshirish ishonaver, qiyin bo‘lmay qoladi.

Biz yigirma yil urunib mundialga chiqolmadik...

Chunki harsafaryiqilardikdaturishgaulgurmay, egilgankuchsiztizzalarimizbilanyanaraqibgatashlanardik. Nafasrostlab, suv-puvichib, kuchvaaqlnibirergato‘plashkerakligigaaqlimizetmasdi.

Mana senga endi mundialga borishga tayorgarlik uchun 7-8 yil. Bugun 17-20 yoshli ygitchalarni tayyorlashdan boshlayver ishni..»

Ha... 8-10 yil oldin shu gaplarni kimgadir aytganimizda balki Braziliyaga borgan, yoki hozir Rossiyadan mehmonxona tanlayotgan bo‘larmidik...

Terma jamoamiz ayni vaqtda imkoniyatlarini saqlab turibdi. Shunday ekan meni pessimistlikda ayblamang. Zotan so‘nggi ikki o‘yinimiz o‘xshab qolishiga o‘zim singari ko‘pchilik shubha bilan qarayapti. Bu fikrlar hozir aytilyapti, hali bir oyoq tugul bir barmoq bilan ham Rossiyada emasligimizda.

Qaysi bir faylasufning quyidagi dohiyona gaplarini eshitganmisiz?

«Xatolarni tuzatmoq uchun o‘n yil ortga qaytish imkonsiz. Lekin to‘g‘ri davom etib to‘g‘ri yakunlash uchun bizda har doim vaqt bor!»

Eslanga, yaqindagina Inileev Osiyoning tengsiz murabbiyi deb topilgandi - 9 yil oldin. Bugun uni esga oldik. 8 yildan so‘ng bugungi kunimizni yodga olib, «nima uchun Babayandan keyin 8-10 yillik puxta reja tuzmadik» deya peshonamizga urib qolmasmikanmiz? Xudo asrasin ...

Darvoqe, nima uchun termamizga yangi havo olib kirish uchun boshqa bir nomzodni tayinlamas ekanmiz? Masalan Azamat Abduraimov!

Nima karomat ko‘rsatibdi deysizmi? «Dinamo»dan haydalish arafasida turgan Bahodir Nasimov uning mehnatlari evaziga bugungi darajasiga ko‘tarildi. Yoki bo‘lmasam talabalar bilan to‘p tepib yurgan Salim Mustafoyevni kim kashf qildi?

Xalqaro tajriba? Rudi Fo‘ller 2000-yili nemis mashinasi ruliga o‘tirgunga qadar aqalli kichik bir jamoani boshqarmagandi.

2011-yilgi Osiyo Kubogida esa, butun MDH muxlislik qilayotgan termamizga qarata «Avstraliyani yenga oladigan jihatlarimizni ko‘rmayapman» degan ham Abduraimov bo‘ldi. O‘shanda qanchalik qaqshatqich mag‘lubiyat bo‘lmasin, bu bashorat yoki ishonchsizlik emas, hisob-kitob va faktlarga tayangan mutaxasisning tahlillari javobi edi.

Shomurodov, Masharipov, Hamdamov singari umidlarimiz balki uzoq vaqt bir murabbiy qo‘l ostida nimanidir o‘zgartirisharmidi...

«Bayer»(Germaniya)da oz bo‘lsada tajriba orttirgan, Yevropacha futbol havosini his qila oladigan, asosiysi Vatani va futbolni sevadigan mutaxasis enanligiga ishonaman Abduraimovni.

Balki Shaskixdan keyin necha yil o‘tsada hamon Geynrixga ishonayotgan, to‘purarlikda Maksimga hatto yaqinlasha olmayotgan hujumchilarimizni kuchaytirarmidi u. Axir asosiy gol uradiganimiz 5-6 ta o‘yinda arang bitta gol ursa... O‘zining kopiyalarini tayyorlasa qanday zambaraklarimiz bo‘lardiya.

Menimcha bugunga qadar MTJ bosh murabbiyligida sobiq hujumchi bo‘lmagan.

To‘pni qanday qilib darvozaga joylab qo‘yishni hujumchidan boshqa kim yaxshiroq bilishi mumkin?

Farid YUSUPOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:09, 19.08.2017.
O'qildi: 13958 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.