Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Neymar: "Vijdonim toza, hech qanday noto‘g‘ri ish qilganim yo‘q"

Neymar: "Vijdonim toza, hech qanday noto‘g‘ri ish qilganim yo‘q"

Baho:
+ | -

Dunyonning eng qimmat futbolchisi Neymar PSJ klubi a’zosi sifatida Kataloniyadan Parijga yo‘l olish jarayoni tafsilotlari haqida o‘rtoqlashdi.

- Yangi marralar sari intilish imkoniyati hosil bo‘lganidan, Parijdek g‘aroyib shaharga kelganimdan g‘oyat mamnunman. PSJ bilan mashg‘ulotlarga kirishish, nufuzli sovrinlar yutishni maqsad qildim, deya boshladi Neymar suhbatning kirish qismida.

- Dastlabki qadamni o‘zingiz tashlaganingizni tasdiqlaysizmi? Nima sababdan aynan PSJni tanladingiz?

- Shunchaki, salohiyatimni yangicha sharoitda sinab ko‘rishni ixtiyor etdim. Chunki muhitni o‘zgartirish ishtiyoqi menga tinchlik bermayotgandi.

- Jamoada chin yetakchi bo‘lish istagi ham qaroringizga ta’sir o‘tkazdimi?

- Yo‘q. “Barsa”dan ketishimning bu masalaga umuman daxli yo‘q. Qaytaraman, yangi cho‘qqilarni zabt etish xohishi kuchli edi. Klubda yetakchi emasligim meni hech qachon xavotirga solmagan. Bu rolga intilmaganman, intilmayman ham. Lekin nufuzli sovrinlarga ega bo‘lishni istayman.

- PSJ o‘tgan yili ham sizga aniq taklif bilan chiqqandi. Nima, o‘sha paytdagi chorlov qiziqish uyg‘otmaganmidi?

- Bu savolga lo‘nda javob qaytarish qiyin. Menimcha, muhitni o‘zgartirish uchun qulay payt endi keldi.

- “Barselona” vakillari Kataloniyada qolishingiz tarafdori edilar. PSJ a’zolari bilan gaplashdingizmi?
Parijda sizni ko‘ngildagidek kutib olishlariga aynan kim ishontirdi?

- Tushunarliki, hayotimdagi o‘ta murakkab qarorlardan birini qabul qildim. Axir “Barselona” sharoitiga moslashib ulgurgan, ko‘plab do‘stlar orttirgandim. Umuman, anchayin murakkab davrni boshdan o‘tkazdim, kelajakda qanday ishlarni amalga oshirish haqida uzoq o‘yladim.

O‘z o‘rnida, sobiq jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman - ular mendan o‘z yordamlarini darig‘ tutmadilar. Albatta, PSJdagi yigitlar bilan ham suhbatlashdim va ular jamoaga tezroq moslashishim uchun imkon qadar ko‘maklashishga va’da berdilar.

- Qiziq, qandaydir ikkilanish ham sezildimi?

- Ha, axir murakkab qaror qabul qilish osonmi? Ko‘pchilik transfer amalga oshishidan oldin rasman bayonot berishimni so‘radi.

Biroq 100 foiz ishonch hosil qilmay turib, qanday fikr bildirishim mumkin? Xullas, barchasini uzil-kesil hal qilganimdan keyingina qarorimni rasman oshkor etdim.

- Neymar PSJga faqat pul tufayli o‘tdi - bunday fikrlarga javobingiz qanday?

- Hayotimdan umuman bexabar kishilargina shunday o‘ylashlari mumkin. Lekin men uchun buning ahamiyati yo‘q. Chunki hamisha o‘zim va oilam baxti haqida qayg‘uraman.

- Neymar, dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi sifatida o‘zingizni qanday his etyapsiz?

- Odatdagidek, hech qanday muammo yo‘q. Avval qanday bo‘lsam, hozir ham shundayman.

- Sobiq jamoadoshingiz Pike ijtimoiy tarmoqqa “U qoladi” yozuvli fotosuratingizni joylashtirgandi. Bu xususda nima deya olasiz?

- Bir kuni mashg‘ulotlardan bo‘shagach, kechki taomga to‘plandik va birga suratga tushdik. Pike surat ostiga yozuv ilova qilishini aytganida, e’tiroz bildirdim. Chunki “Barselona”da qolishim yoki ketishim aniq emasdi. Pike esa o‘z bilganidan qolmadi - bor gap shu.

- “Barselona”dan shu tariqa ketishingiz jamoa muxlislariga yoqmagani aniq. Ular hattoki, sizni xoinga chiqarib, Figu bilan qiyoslashmoqda...

Muxlislarning menga xoin sifatida qarashlari, butun dunyoda shunday xayolga borishlari achinarli, albatta. Lekin vijdonim toza - hech qanday noto‘g‘ri ish qilganim yo‘q.

Axir jamoada qolish yoki qolmaslik avvalo, har bir futbolchining o‘ziga bog‘liq. Ya’ni u kelajagini mustaqil belgilash huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, Neymar PSJda 10-raqam ostida to‘p suradi. Parijliklar braziliyalik hujumchi transferi uchun 222 million yevro to‘lashdi va uni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirishdi.

Bundan tashqari, 25 yoshli hujumchi jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida 2-o‘ringa chiqib oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Neymardan shartnoma shartlarini buzgani uchun 8,5 million yevro miqdorda pul talab qilib, uni sudga bergan.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 10:41, 24.08.2017.
O'qildi: 4514 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.