Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Bolgariyadagi turnirda ishtirok etmoqda

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Bolgariyadagi turnirda ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

Bolgariyada bolalar va o‘smirlar o‘rtasida yirik xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.

Byala va Obzor shaharlarida o‘tayotgan musobaqada “Bunyodkor” futbol maktabining 2006 va 2008 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishmoqda.

Akmal Risqullayev va Abdumalik Raximov murabbiyligidagi 2006 yillarda tavallud topgan futbolchilarimiz musobaqada ikkita – “Bunyodkor-A” va “Bunyodkor-B” jamoalari nomi ostida ishtirok etishmoqda. “Bunyodkor-A” futbolchilari birinchi turda Moskvaning “Shkola-1208” jamoasi darvozasiga javobsiz 15ta gol urishdi. “Bunyodkor-B” vakillari esa Kishinyovning “Sparta” klubidan 2:0 hisobida ustun kelishdi.

2-turda ham vakillarimiz g‘alaba qozondilar. Akmal Risqullayev boshchiligidagi “Bunyodkor-A” futbolchilari Moldovaning “Dachiya” jamoasini 6:2, Abdumalik Raximov murabbiyligidagi “Bunyodkor-B” vakillari Bolgariyaning “Roz-Dolina” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchinchi turda ham vakillarimiz yuz foizli ko‘rsatkichni qayd etishdi. “Bunyodkor-A” Varnaning “Olimpik”ini 11:1, “Bunyodkor-B” esa Sofiyaning “Ferion” jamoasini 4:2 hisobida dog‘da qoldirishdi.

2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqada jami oltita jamoa ishtirok etmoqda. Har bir jamoa bir-birlari bilan bittadan o‘zaro o‘yin o‘tkazadi. Shundan so‘ng, eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa musobaqa g‘olibi deb e’lon qilinadi. “Bunyodkor” ushbu yosh toifasida ham ikkita jamoa bilan ishtirok etmoqda. Hozircha Abdujabbor Ma’rufaliyev va Furqat Samegov murabbiyligidagi futbolchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Dastlabki turda “Bunyodkor-A” va “Bunyodkor-B” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Unda “A” jamoa vakillari 4:0 hisobida ustun keldilar.

Ikkinchi turda “Bunyodkor-A” mezbonlar “Olimpik” jamoasini 15:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Bunyodkor-B” jamoasi esa Sofiyaning SSKA klubi tarbiyalanuvchilari bilan jangavor durang 3:3 hisobi qayd etishdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 11:15, 25.08.2017.
O'qildi: 3555 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик