Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Doimo g‘oliblik nashidasini suradigan jamoa yo‘q"

Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Doimo g‘oliblik nashidasini suradigan jamoa yo‘q"

Baho:
+ | -

Sardor Rashidov faoliyatini endi BAAning «Al-Jazira» klubida davom ettirsa-da, baribir, Qatar Yulduzlar ligasiga e’tiborimiz susaymaydi. Negaki, milliy terma jamoamiz hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov yana «As-Sayliya» tarkibida qoladigan bo‘ldi.

Hali ushbu mamlakatda yangi mavsumga start berilgani yo‘q. Ammo jamoalar ayni paytda 2017-2018 yilgi chempionatga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda. Har qachongidan ham. Sababini hamyurtimiz  bilan uyushtirilgan suhbat davomida bilib olasiz.

-Temurxo‘ja, klubingiz - «As-Sayliya» yangi mavsum tadorigini boshlab yubordimi?

- Ha. «As-Sayliya» ham Yulduzlar ligasining kelayotgan mavsumiga hozirlikka jiddiy kirishgan. Jamoamiz iyul oyining 15-sanasidan Doxada yig‘ildi.  Yarim oydan ortiqroq vaqt mobaynida o‘z qarorgohimizda mashg‘ulotlar olib bordik. Bu orqali jismoniy holatimiz yaxshilandi.

- Yig‘in faqat Doxada olib boriladimi?

- Yo‘q, aslo. Qatarda mavsum boshlanishiga hali ancha fursat bor. Shu bois xorijga shoshilganimiz yo‘q. Albatta, murabbiylar shtabining rejasida chet elda yig‘in tashkillashtirish bor. Ular bu yil Tunisda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni ma’qul topishdi.

Oy so‘ngiga qadar o‘sha yerda shug‘ullanamiz. Afrika mamlakatidagi mashg‘ulotlar doirasida bir qator sinov-nazorat bahslarida maydonga tushishni ham rejalashtirganmiz.

- Qatar klublari ham yozgi transfer bozorida ancha faol bo‘lishadi.  «As-Sayliya» tarkibni qay darajada kuchaytirmoqchi?

- Ayni paytda jamoamiz safiga «yangilar» qo‘shilishi davom etmoqda.  Ularning aksariyati mahalliy futbolchilar. Tabiiyki, birgina ko‘rik bilan ular haqida fikr bildirish qiyin. Murabbiylar yig‘inlar paytida o‘zlaridan ijobiy taassurot qoldirgan futbolchilarni, albatta, tarkibda olib qolishadi.

- Jamoa oldiga yangi mavsumda qanday vazifa qo‘yildi?

- Yangi mavsumdan umid va maqsadlarimiz ulkan. Jamoamiz chempionatda ham, kubok bellashuvlarida ham imkon qadar har bir o‘yinda ijobiy natija qayd etish uchun urinadi. O‘ylashimcha, buning uchun potensialimiz yetarli.

- O‘zingiz-chi? Ko‘p narsa kutayotgan bo‘lsangiz kerak...

- Shunday. «As-Sayliya» bilan yana 1 yil muddatga mo‘ljallangan shartnomam bor. 2017-2018 yilgi mavsumda imkon qadar yaxshi o‘yin namoyish etib, jamoa ishqibozlari ishonchini oqlamoqchiman. 

- Bu yil Yulduzlar ligasining  o‘zgacha o‘tishi taxmin qilinmoqda...

- Ha, shunday.  Chunonchi,  ikki yetakchi jamoa - «Lahviya» hamda «Al Jaish» birlashtirildi. Endi «Duhayl» jamoasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.  Nafaqat qatarlik millionlar o‘yini ishqibozlari, balki Yulduzlar ligasida futbolchilari to‘p suradigan mamlakatlar vakillari ham yangi mavsum startini sabrsizlik va katta qiziqish bilan kutishmoqda. Ko‘ramiz, yangi chempionat siz-u bizga nimalarni taqdim etar ekan...

- Yangi tuzilgan «Duhayl» klubi boshqa jamoalarni qiyinchiliksiz mag‘lub eta oladi, deb o‘ylaysizmi?

- Doimo g‘oliblik nashidasini  suradigan jamoa yo‘q.  Demakki, har qanday klubni ham mag‘lub etish mumkin. Yangi tashkil etilgan «Duhayl» Yulduzlar ligasidagi eng kuchli tarkibga egaligi rost.

Lekin ushbu jamoani hali mavsum boshlanmasdan chempion sifatida ko‘rsatish yaramaydi. Chunki unga bu yo‘lda qarshilik ko‘rsata oladigan jamoalar soni yetarli. Shu sababdan ham «Duhayl»ning yangi mavsumda osonlikcha chempionlikka erishishiga ishonmayman.

- O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarini ham kuzatib boryapsizmi?

- Imkon qadar harakat qilyapman. Ammo barcha o‘yinlarni ko‘rishning ilojisi yo‘q. Lekin oliy liga har yilgidan ko‘ra qiziqarli tus olganiga ishonchim ortdi. Buni turnir jadvali ham aytib turibdi. Nazarimda,  «Lokomotiv» chempionlikni qo‘lga kiritsa kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:28, 29.08.2017.
O'qildi: 5755 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.