Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Vazgen Manasyan: "Lokomotiv" asosiy tarkibga o‘z tarbiyalanuvchilarini jalb etish siyosatini shakllantiradi"

Vazgen Manasyan: "Lokomotiv" asosiy tarkibga o‘z tarbiyalanuvchilarini jalb etish siyosatini shakllantiradi"

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" jamoasining yoshlar tarkibiga hozirgi paytda taniqli mutaxassis Vazgen Manasyan ustozlik qilmoqda. Ushbu murabbiy o‘rinbosarlarimizni qabul qilib olgach, asosiy jamoaga yoshlar tarkibidan bir qator futbolchilar jalb etila boshlandi.

Xo‘sh, "Lokomotiv" keyingi yillarda asosiy tarkibga o‘z tarbiyalanuvchilarini yetkazib berish siyosatini davom ettiradimi? Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Shu va shu kabi savollarga Vazgen Ignatovich javob berdi:

- Ayni paytda milliy terma jamoa o‘yinlari sabab chempionatimizda tanaffus yuzaga kelgan. Yigitlar taxminan ikki hafta mobaynida rasmiy o‘yinda maydonga tushishmaydi. Tanaffusdan keyingi ilk o‘yinimiz esa "Sho‘rtan" jamoasi o‘rinbosarlariga qarshi o‘tadi. Hozirda ushbu uchrashuvga tayyorgarlik olib boryapmiz. Bunda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishga ham urg‘u beryapmiz.
Ta’kidlash kerakki, yoshlar tarkibimiz hozirda musobaqa jadvalining 9-pog‘onasinigina egallab turibdi. Buni maqtanadigan natija, deya olmayman. Lekin bir jihatga alohida e’tibor berish lozim, deb hisoblayman. "Lokomotiv" asosan yosh futbolchilarni tarbiyalashga asosiy urg‘uni bermoqda. Yoshlar Ligasi o‘yinlarida biz asosan 1998-1999 yillarda tug‘ilgan futbolchilarni maydonga tushriyapmiz. Ular sekin-asta tajriba to‘plab, katta maydonda o‘zlarini qanday tutish, qay tariqa harakatlanish borasida zarur ko‘nikmalarni xosil qilishmoqda.

Ikki yil avval yoshlar tarkibimiz ancha kuchsiz edi. O‘tgan yili biroz o‘yinimizni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik. Mana endilikda jamoamiz vaqt o‘tgani sayin yaxshiroq o‘yin namoyish eta boshlayapti.

Biz uchun eng asosiy vazifa - bosh jamoaga futbolchilar yetishtirib berishdan iborat sanaladi. Hech bo‘lmaganda bir mavsumda bir nafar bo‘lsa ham yosh o‘yinchini asosiy tarkibga o‘tkaza olsak - bu biz uchun juda yaxshi natijadir. Misol uchun, bu yil yoshlar tarkibimizdan Azizbek Amonov asosiy jamoaga jalb etila boshlandi. U Oliy Ligada bir nechta o‘yinda ishtirok etdi va ikki bor gol kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda tarkibimizda bir qator iste’dodli yigitlar bor. "Lokomotiv" so‘nggi paytlarda o‘z tarbiyalanuvchilarini asosiy jamoaga jalb etish borasida ish olib bormoqda. Klub shunday siyosat olib borishga urinyapti. Nasib etsa, keyingi yillarda ham sekin-asta yosh futbolchilarimizni asosiy jamoaga yetkazib berishga harakat qilamiz, - deydi tajribali mutaxassis.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:15, 30.08.2017.
O'qildi: 3975 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.