Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Samvel Babayan: «Birinchi navbatda muxlislardan kechirim so‘rayman»

Samvel Babayan: «Birinchi navbatda muxlislardan kechirim so‘rayman»

Baho:
+ | -

Barchamizga ayonki joriy hafta o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun juda ham og‘ir kechdi. Hattoki, aksariyat muxlislar millionlar o‘yini sanalmish futboldan ko‘ngilari qolgandek go‘yo.

Binobarin, ishonamizki bu hissiyotlar vaqtinchalik va tez orada ular safimizga yana qaytishadi. Shundan bo‘lsa kerak, muxbirlarimiz mazkur salbiy kayfiyatu tuyg‘ularni sababchisi hisoblangan milliy terma jamoamizning hozirda sobiq boy murabbiyi Samvel Babayandan intervyu olish maqsadida bog‘landi.

Samvel Vyacheslavovich intervni keyinroq berishni va’da bergan holda bizdan dil so‘zlarini muxlislarga yetkazib qo‘yishni iltimos qildi. Xullas quyida S.Babayanni terma jamoa va o‘zbek futboli fanatlariga yo‘llagan uzrnomasi havola qilinmoqda.

“Avvalambor, muxlislarni ishonchini oqlay olmaganim uchun ulardan kechirim so‘ramoqchiman. O‘tgan yillar mobaynida murabbiylar shtabi bilan birga imkoniyatimiz darajasida katta hajmdagi ishlarini amalga oshirishga harakat qildik.

Xususan, terma jamoa bir ahil oilaga aylandi. Bizning asosiy maqsadimiz terma jamoani JCHga olib chiqib jonajon O‘zbekistonimizda ham futbol o‘ynay olishlarini va bu sport turini yaxshi ko‘rishlarini namoyish etish orqali yurtimiz dovrug‘ini yanada ko‘tarish edi.

Men shu o‘rinda bizga yetarli shart-sharoitlarni yaratib bergan O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Biz turnirni juda yaxshi boshgandik va guruhdagi 2 turdan so‘ng guruh peshqadamiga aylangandik. Terma jamoadagi ishga boshqacha yondoshuv kerak, ya’ni “spesefik” hisoblanadi.

Bir so‘z bilan aytganda natija futbolchilar sog‘lig‘ini qanday holatda ekanligiga va o‘z vaqtida terma ixtiyoriga yetib kelishiga bog‘liq bo‘ladi.

Afsuski, shundan so‘ng yetakchi futbolchilarimizni jarohat olishi yoki terma jamoa ixtiyoriga optimal formada kelmasliklari natijasida tarkibda yuqotishlarga uchradik.

Bundan tashqari ba’zi o‘yinlarda shaxsan mening xatolarim tufayli ham ayrim uchrashuvlarda ochkolar yuqotdik.

Shu bilan birga bizga ko‘plab o‘yinlarda omad yetishmadi. So‘nggi daqiqlarda o‘tkazib yuborilgan gollar faqat yo‘q qo‘yilgan xatolar evaziga emas balki omad degan narsaga ham bog‘liq bo‘ldi.

Nima bo‘lganda ham mazkur bosqichda ishtirok etgan futbolchilarimizdan iborat jamoa Jahon futbol forumida ishtirok etishga loyiq edi. Men ishonmanki, bizning bosh jamoamiz JCH final bosqichida qatnashadi va buning uchun bizda iqtidorli futbolchilar juda ko‘p.

Men shu o‘rinda muxlislarimizni ikki yil mobaynida so‘nggi turgacha qo‘lla-quvatlab turganlari uchun ularga katta rahmatlar aytmoqchiman.

Terma jamoada ishlash har qanday mutaxassis uchun katta faxr va shu bilan birga katta javobgarlik va mas’uliyat yuklaydi. Xudo haqqi shaxsan men butun vujudim bilan shu ishga o‘zimni bag‘ishlagandim.

Bizni ezgu maqsad sari, ya’ni JCH final bosqichidan bittagina gol yetishmadi xolos...Biz mundialga chiqish uchun, muxlislarimizni baxiyor qilish uchun barcha o‘ylagan ishlarimizni qildik, ammo...

Men yana bir karra ulardan uzr so‘rayman va terma jamoamizni keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonib, ularga faqat quvonch va baxt olib kelishini tilab qolaman”....

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:53, 08.09.2017.
O'qildi: 11458 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.