Argentina termasining sobiq yarim himoyachisi Esteban Kambyasso faoliyatini yakunladi. 37 yoshli futbolchi 20 yillik faoliyatdan so‘ng butsalarini mixga ilishga qaror qildi. U “River Pleyt”, “Real”, “Lester” va “Inter” kabi taniqli klublarda to‘p surdi.
Kambyasso “Inter” safida 431 ta o‘yinda 51 ta gol kiritgan. U faoliyati davomida Argentina, Ispaniya, Italiya va Gresiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, YECHL bosh sovrini va UYEFA superkubogini qo‘lga kiritgan.