«Manchester Siti» darvozaboni Klaudio Bravo vatandoshi Aleksis Sanchesning "shaharliklar" tarkibiga o‘tmay qolgani haqida gapirdi.
«Sanches bilan terma jamoa safida birga edik. U bir necha soat ichida baxtli va qayg‘uli damlarni boshidan o‘tkazdi. U «Man Siti»ga o‘tishga yaqin edi, biroq terma jamoa tufayli «Arsenal» qarorgohiga vaqtida yetib borolmadi.
Umid qilamanki, kelajakda uni jamoamiz safida ko‘ramiz», – dedi Bravo.