"Atletiko" himoyachisi Filipe Luis "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan to‘qnashuvi haqida gapirdi.
"Messi o‘yini bilan meni qoyil qoldirgan. Biroq, u mendan hech qachon qochib ketolmagan. Men uni har doim yaxshi qo‘riqlaganman. Yo‘q, men raqibdan futbolka so‘ramayman, xususan Messidan ham. Men maydonga futbol o‘ynash uchun tushaman. U yoki bu futbolchiga qarshi o‘ynadim deb maqtanish uchunmas" - dedi 32 yoshli futbolchi AS xabarida.