Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Velosportchilar Rossiyadagi turnirda sovrindorlar safidan joy olishdi

Velosportchilar Rossiyadagi turnirda sovrindorlar safidan joy olishdi

Baho:
+ | -

Turkmaniston poytaxtida start oladigan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 30 avgustdan 12 sentyabrga qadar Rossiyaning Omsk shahrida velosport-trek bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdi. Yig‘in doirasida sportchilarimiz rossiyalik hamkasblari bilan o‘ziga hos turnirda ham ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada vatanimiz sharafini terma jamoamiz a’zolari Sergey Medvedev, Ruslan Fyodorov, Yekaterina Knebelova, Olga Jantuganova, Zokirxo‘ja Ixsanov, Shomansur Abdumannopov, Andrey Izmaylov, Semen Sevastyanov, Renata Baymetova, Alla Bezuglova, Nafosat Qoziyeva xamda Diana Adelshinova himoya qilishdi. Ayollar o‘rtasida sprint, keyrin yo‘nalishi bo‘yicha hamyurtimiz Olga Jantuganova faxrli 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Yekaterina Knebelova keyrinda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan jamoaviy poygada ballar hisobida Renata Baymetova 3-o‘rinni egalladi. Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan jamoaviy poygada esa Ruslan Fyodorov kumush medal sohibi bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan jamoaviy poygada terma jamoamizning yana bir a’zosi Nafosat Qoziyeva kuchli o‘nlikdan joy oldi. Git yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan poygada esa Olga Jantuganova 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari sportchilarimizga Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqa oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:52, 12.09.2017.
O'qildi: 3545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик