Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

O‘zbekistonlik suzuvchilar musobaqani medallar shodasi bilan yakunlashdi

O‘zbekistonlik suzuvchilar musobaqani medallar shodasi bilan yakunlashdi

Baho:
+ | -

Toshkentda suv sporti turlari bo‘yicha IX Osiyo chempionati davom etmoqda. 

12 sentyabr kuni musobaqaning suzish bahslari yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidjon Tursunov 50 metrga erkin suzish bo‘yicha o‘tgan bahslarda barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Ushbu masofaga xotin-qizlar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Natalya Kritinina va Alyona Vasilyeva bronza medal bilan taqdirlanishdi. Erkaklar o‘rtasida mazkur masofaga estafeta musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

200 metrga batterflyay usulda suzishda Artyom Kozlyuk kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 100 metr masofaga chalqancha suzgan Odilbek Yusupov va Maftunabonu To‘xtasinova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.

Suzish bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 13 oltin, 7 kumush va 11 bronza medali, jami 31 medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Osiyo chempionatining suv polosi bahslarining navbatdagi kunida O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi Qozog‘iston terma jamoasi bilan 7:7 hisobida durang o‘ynadi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 17:26, 13.09.2017.
O'qildi: 3832 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик