«Bavariya» klubining sobiq futbolchisi Ditmar Hamann yarimhimoyachi Frank Riberiga nisbatan jazo choralarini qo‘llashga chaqirdi.
Ma’lumki, futbolchi Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Anderlext»ga (3:0) qarshi o‘yinda zaxiraga olinganida, jahl bilan futbolkasini yechib, otib yuborgan edi.
«Riberining bu qilig‘iga chidab bo‘lmaydi. U klubga, muxlislarga, bosh murabbiyga, jamoadoshlariga nisbatan hurmatsizlik qildi. Hech bir futbolchi klubdan ustun bo‘lolmaydi, buni har kim tushunib olishi kerak. Menimcha, «Bavariya» Riberini jarimaga tortishi shart», — dedi Hamann Sky Germany xabarida.