Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Konstantin Genich: «Shomurodovning Rossiyada o‘ynab ketishi o‘ziga bog‘liq»

Konstantin Genich: «Shomurodovning Rossiyada o‘ynab ketishi o‘ziga bog‘liq»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbek futboli tarixida ilk marta O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinini xorijlik sharhlovchi sharhladi.

Rossiyaning «Match TV» kanali xodimi Konstantin Genich yurtimizda mehmon bo‘ldi va O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yinini sharh­ladi.

Taniqli sharhlovchi bilan suhbatda bo‘ldik va «InterFutbol» uchun intervyu oldik. Xorijlik jurnalistning sharhlovchilik va o‘zbek futboli haqidagi fikri qiziqarli bo‘lishi turgan gap.

- Konstantin, avvalo, O‘zbekistonga xush kelibsiz, deb qolamiz. Yurtimizga mehmon bo‘lishingizni qachon bildingiz?

-       To‘g‘risini aytsam, bu haqida «Match TV» rahbariyatidan emas, balki tvitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifam orqali bildim. O‘zbekiston matbuoti tomonidan bu haqida xabar berildi va bundan biroz hayron qoldim.

«Match TV» rahbariyati esa keyin ma’lum qilishdi. Taklifni bajonidil qabul qildim. Men uchun O‘zbekistonda mehmon bo‘lish juda qiziqarli.

-       Yaxshi bilamizki, siz professional futbolchi bo‘lgansiz va faoliyatingizni yakunlagandan so‘ng sharhlovchilikka kirib kelgansiz. Ammo sharh uchun futbol haqidagi bilimdan tashqari yana ko‘p narsa kerak - ovoz, aktyorlik mahorati va so‘zamollik.

-       Albatta, yashil maydondan so‘ng birdan sharhlovchilik kursisiga o‘tirish oson bo‘lmadi. Ammo baxtimga menga imkoniyat berishdi va avvaliga kam ahamiyatli o‘yinlarni sharhlab borib, tajriba to‘pladim.

Ochig‘i, bu o‘yinlarni translyasiya tashkilotchilari, ya’ni o‘zimizdan boshqa tomosha qiladigan juda kam edi. Nari borsa 15-20 muxlisdir (kuladi). Ammo aynan mana shu jarayon men uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.

-       Va bu tajriba natijasida sizni O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yinini sharhlash uchun taklif etishdi. Sharhdan oldin jamoalar haqida yaxshi ma’lumotga egamidingiz?

-       Ochig‘ini aytsam, har ikki jamoa haqida ham juda kam ma’lumotga ega edim. Deyarli yo‘q darajada, desam ham bo‘laveradi. Albatta, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov va Eldor Shomurodovlarni yaxshi bilaman.

Ammo butun o‘yinni sharhlash uchun shuning o‘zi yetarli emas edi. O‘zbekistonga kelishimni bilganimdan so‘ng terma jamoangizning Xitoyga qarshi o‘tkazgan o‘yinini ataylab tomosha qildim. Yana Janubiy Koreya va Eron uchrashuvini ham ko‘rib chiqqanman.

-       Xitoy - O‘zbekiston o‘yini haqida nima deya olasiz? O‘sha uchrashuvdan qanday taassurot qoldi?

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 09:54, 17.09.2017.
O'qildi: 4078 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.