Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Shahram G‘iyosov: «Nafaqat raqibimni, hakamlarni ham yutishim kerak edi»

Shahram G‘iyosov: «Nafaqat raqibimni, hakamlarni ham yutishim kerak edi»

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha 2017 yilgi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov bilan suhbatlashib, undagi ko‘tarinki kayfiyat bizga ham ijobiy ta’sir qildi. Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA)ning so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi, deb topilgan hamyurtimiz bilan kechgan suhbatimiz sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz.

— Shahram, jahon chempionatidagi g‘alabangizni nima ta’minladi, deb o‘ylaysiz?

— Bu — jahon chempionatidagi ilk ishtirokim. Avval, talabalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lganman, jahon kubogini olganman. Uch oy davomida bosh murabbiyimiz Marat Qurbonov boshchiligida ham jismonan, ham ma’nan puxta tayyorgarlik ko‘rganim g‘alabamni ta’minladi. Bilasizmi, inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, tinimsiz mehnat qilishi lozim. Qolaversa, aqlni charxlash muhim. Chunki raqibning harakatlarini tezkor usulda tahlil qilish, zarba berish va zarbalarni qaytarish teran fikrlashlashni talab etadi. Shu tufayli, ertalab va kechki mashg‘ulotlar orasida toza havoda sayr qilaman, telefonda kishini fikrlashga undovchi o‘yinlarni o‘ynayman, qiziqarli kitoblar o‘qiyman.

— Raqiblaringiz qanday taassurot qoldirdi?

— Ularning ko‘pi bilan oldin ham jang qilganman: Osiyo o‘yinlarida, olimpiadada, xalqaro turnirlarda... Qozog‘istonlik raqibimda o‘zgarish katta. Ko‘p mehnat qilgani ringda bilindi. Tan olaman, ozgina qiynaldim. Chunki raqiblarim bir joyda turmaydigan, harakatchan va izlanuvchi yigitlar. Umuman, o‘z ustida ishlashni to‘xtatgan va raqibini o‘rganmagan bokschi g‘oliblikni qo‘lga kiritishi amrimahol. Shuning uchun doim zaxiramizda raqibimizga oshkor bo‘lmagan usulimiz bo‘lishi kerak.

— Kubalik raqibingiz Roniel Iglesiasni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratsangiz ham, u quvonchingizga samimiy sherik bo‘ldi. Odatda, raqiblaringiz bilan do‘st bo‘lib qolasizlarmi?

— Albatta! Chunki musobaqa avvalida bir-birimizga omad tilab, kim kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘oliblikka munosib, deya aytamiz. O‘tgan yilgi olimpiadadan so‘ng Kubada yarim professionallar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda, Roniel meni mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘shanda men ham uning jang olib borish texnikasiga qoyil qolib, muvaffaqiyat bilan tabriklagandim.

— Oltin medal olganingizda nimalarni his qildingiz?

— Jangga juda katta mas’uliyat bilan chiqqandim. Chunki 10 nafar bokschimiz orasida men oxirgi bo‘lib ringga tushdim. Bor kuchimni berib, nafaqat raqibimni, hakamlarni ham yutishim kerakligini bilardim. Jang muvaffaqiyatli tugagach esa, albatta, mehnatlarim samara berganidan, meni qo‘llab turgan murabbiylarimiz, ota-onam, yurtdoshlarim va bokschi do‘stlarimiz ishonchini oqlaganimdan mamnun bo‘ldim.

— Va Ronaldu kabi sakradingiz...

— Quvonchimni o‘zim sevgan sportchim uslubida nishonlashga odatlanganman. Krishtianu Ronaldu men uchun birinchi raqamli futbolchi. Uning hamisha odamlarga yordamga shayligi meni to‘lqinlantiradi.

— Bolalikda diplomat bo‘lishni orzu qilgan ekansiz...

—To‘g‘risi, bu qanday sohaligini bilmasdim. Onam «Diplomat bo‘lasan», derdi doim. Diplomat so‘zi qulog‘imga chiroyli eshitilganidan shu kasbni orzu qilganman.

— Dadangiz ham boks bilan shug‘ullangan ekan. U kishi birinchi murabbiyingiz bo‘lsa kerak?

— O‘n yoshimda otam va amakim sabab boksga kirib kelganman. Avvaliga otam ko‘p yo‘l-yo‘riq ko‘rsatardi. Talaba bo‘lganimdan keyin menga ishonchlari ortdi va shundan buyon faqat murabbiylarim bilan shug‘ullanaman.

— Xonanda Shahzodaning «Billionaire» qo‘shig‘iga ishlangan klipda suratga tushganingizdan so‘ng Shahramdan tuppa-tuzuk aktyor chiqarkan, deb o‘ylab qoldik.

— (kuladi) San’atga qiziqishim bor, biroq vaqtim yo‘q. Chunki 4–5 daqiqalik klip ikki kun vaqtimni oladi. Reklama roliklari ham xuddi shunday. Yaqinda rejissyorlarimizdan biri sportchi hayoti bilan bog‘liq film suratga olishni rejalashtirayotganini aytib, bosh rolga taklif etdi. Rad etdim. Sababi, men o‘zimni shou-biznesda emas, boksda ko‘raman. Charm qo‘lqoplarim orqali dunyoga tanilishni istayman.

Manba: darakchi.uz
Kiritildi: 10:27, 20.09.2017.
O'qildi: 8022 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.