Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Dinamo» - «Bunyodkor»: uchinchi urinishda g‘olib aniqlanadimi?

«Dinamo» - «Bunyodkor»: uchinchi urinishda g‘olib aniqlanadimi?

Baho:
+ | -

Oliy Liga 22-turining e’tiborli o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tadi. «Dinamo» jamoasi joriy yil hisobidan uchinchi marta «Bunyodkor»ga qarshi saf tortadi.

UCHINCHI UCHRASHUV

Ushbu jamoalar 2017 yil hisobidan 3-marta to‘qnash kelishmoqda. Oliy Liga birinchi davra bahsida Toshkentda 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Kubogi yarim final dastlabki uchrashuvi doirasida «Bunyodkor» maydonida o‘tgan bahsda ham durang – 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Ushbu uchinchi to‘qnashuv Oliy Liga ikkinchi davrasidagi uchrashuv sifatida qayd etilayotgan bo‘lsa, oldinda ushbu klublar kubok yarim finali javob o‘yinida ham o‘zaro maydonga tushib, finalchi nomini aniqlashadi. Ko‘ramiz, uchinchi o‘yinda g‘olib aniqlanarmikan?

UCHRASHUVNI TO‘XTASINOV BOSHQARADI

«Dinamo» - «Bunyodkor» uchrashuvini boshqarib borish andijonlik hakam Temur To‘xtasinovga ishonib topshirildi. Uchrashuv nazoratchisi sifatida Gali Imomov ishlaydi.

Oliy Liga. 22-tur. 21 sentyabr (payshanba)

«Dinamo» (Samarqand) – «Bunyodkor» (Toshkent)

Hakamlar: T. To‘xtasinov (Toshkent), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), R. Abduvohidov (Qarshi)

Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: G. Rtveladze.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 16:15.

KIM QANDAY HOLATDA?

Mehmon jamoa «Bunyodkor» Oliy Liga doirasidagi so‘nggi besh uchrashuvdan 4 tasida g‘alabaga erishdi, 1 o‘yinda durang qayd etdi.

«Dinamo» esa ikkinchi davrada hali g‘alaba nimaligini bilgani yo‘q. Jamoa so‘nggi 5 uchrashuvdan uchtasida durang, ikkitasida mag‘lubiyatga uchradi.

Oliy Liga. «Dinamo»ning so‘nggi 5 o‘yini:

«Sho‘rtan» - «Dinamo» - 1:0

«Dinamo» - «Paxtakor» - 0:0

«Navbahor» - «Dinamo» - 1:0

«Dinamo» - «Qo‘qon-1912» - 0:0

«Buxoro» - «Dinamo» - 0:0

Oliy Liga. «Bunyodkor»ning so‘nggi 5 o‘yini:

«Bunyodkor» - «Olmaliq» - 1:0

«Nasaf» - «Bunyodkor» - 0:1

«Bunyodkor» - «Olmaliq» - 2:0

«Qizilqum» - «Bunyodkor» - 3:3

«Bunyodkor» - «Neftchi» - 2:0

O‘ZARO O‘YINLAR: 20-TO‘QNASHUV

Oliy Liga tarixida «Dinamo» va «Bunyodkor» klublari o‘zaro bugungacha 19 marta to‘qnash kelishgan. Samarqanddagi o‘yin 20-to‘qnashuv sifatida tarixda qoladi.

O‘zaro uchrashuvlarda statistika «Bunyodkor» ustunligini ko‘rsatmoqda. “Bunyodkor” 15 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag‘lub etgan.

To‘plar nisbatida ham ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 36:9. O‘zaro o‘yinlarda “Dinamo” 6, “Bunyodkor” esa 48 ochkoni qo‘lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0ga teng. “Dinamo”ning yagona g‘alabasi – 1:0.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

12.10.2015 «Dinamo» - «Bunyodkor» 1:1

06.04.2014 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:2

18.04.2013 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:3

21.05.2012 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:1

15.04.2011 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:1

Fakt…

«Bunyodkor» klubi «Dinamo»ga qarshi so‘nggi uch uchrashuvda g‘alaba nimaligini bilmayapti. Jamoalarning Samarqanddagi so‘nggi o‘yinida «Bunyodkor» 2015 yilda «Dinamo» bilan 1:1 o‘ynagan bo‘lsa, 2017 yildagi Toshkentda chempionat va kubok doirasidagi bahslarda ham 1:1 va 0:0 natijalari qayd etildi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:27, 21.09.2017.
O'qildi: 3926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик