Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Real" "Betis"ga qarshi 12 futbolchini tushirgani ma’lum bo‘ldi

"Real" "Betis"ga qarshi 12 futbolchini tushirgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Real" klubi La Liga 5-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi o‘yinda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

O‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganda, bosh murabbiy Zayniddin Zidan ikki futbolchini maydonga tushirishga qaror qildi. Jarohatlangan Marselo o‘rnini Vaskes egalladi, Modrich o‘rniga Mayoral tushirildi. Biroq, qandaydir sababga ko‘ra, Modrich maydonni tark etmadi. Natijada "Real" 12 futbolchi bo‘lib qoldi.

Ammo bosh hakam Mateo Laos xatoni o‘z vaqtida payqab, maydondagi futbolchilarni sanab chiqdi va Modrichga maydonni tark etish kerakligini aytdi. Bundan tashqari, Zidan bilan ehtirosga to‘la suhbat o‘tkazib, uni e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin "Betis"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 14:15, 21.09.2017.
O'qildi: 32948 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик