Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Adnan Oraxovas: «Dinamo»ning taklifi qiziqroq tuyuldi»

Adnan Oraxovas: «Dinamo»ning taklifi qiziqroq tuyuldi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Uch mavsumdan buyon «Paxtakor» safida o‘ynab kelgan Adnan Oraxovas davralar oralig‘ida Samarqandning «Dinamo» klubiga ko‘chib o‘tdi.

]YAqinda 26 yoshli chernogoriyalik futbolchini suhbatga chorlab, uning «sherlar» safini tark etishi hamda yangi jamoasiga ko‘nikish jarayoni qanday kechayotgani xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- «Paxtakor»dan «Dinamo»ga ko‘chib o‘tishingiz qanday amalga oshdi?

- Bilasizmi, ayni payt «Dinamo»da faoliyat yuritayotgan Ilhom Sharipov ilgari «Paxtakor»da ham bir muddat ishlagandi. Shu bois, ushbu mutaxassis imkoniyatlarim haqida yetarlicha tasavvurga ega. Erkin agentga aylanganimni eshitgani zahoti Sharipov menga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z jamoasiga taklif qildi.

- Yangi jamoaga ko‘nikish jarayoni qanday kechmoqda?

- Har bir futbolchi klubini almashtirgach, moslashish uchun ma’lum vaqtga ehtiyoj sezadi. Zero yangi muhit, yangi jamoadoshlar, yangi shahar bilan yaxshiroq tanishib olishi kerak. Lekin «Dinamo»da ko‘nikish jarayoni ancha oson va tez ketmoqda. Sababi Samarqandda avvallari «Paxtakor»da faoliyat yuritgan Saidjamol Davlatjonov hamda Temur Jo‘rayev kabi futbolchilar ham bor. Aynan ular yangi jamoa hamda yangi shaharga ko‘nikishimda ko‘maklashishmoqda.

- «Paxtakor»dan ketgandan so‘ng oldingizda boshqa takliflar ham bormidi?

- Bilasizmi, birinchi davra yakunlanishiga bir nechta tur qolganida menga bir qator xorij klublaridan takliflar tushdi. Biroq «Paxtakor» rahbariyati jamoaga kerakligim hamda Toshkentda o‘ynashda davom etishimni aytishdi.

Shu tariqa xotirjam tarzda ta’tilga yo‘l oldim. Qaytganimdan keyin esa, yangi murabbiy menga umid bildirmayotgani, o‘zi bilan yangi futbolchilar olib kelish niyatida ekanidan xabar topdim. Natijada «Paxtakor»dan ketishim aniq bo‘ldi. Bu paytga kelib esa asosan o‘zbek jamoalaridan chorlovlar kelayotgandi.

- Nega aynan «Dinamo» variantida to‘xtaldingiz?

- Ushbu taklif ustida uzoq o‘ylanib o‘tirmadim. Boisi, meni shaxsan Ilhom Sharipovning o‘zi jamoaga chaqirgani muhim omil bo‘ldi. Qolaversa, «Dinamo»ning chorlovi men uchun har tomonlama qiziqarli tuyuldi. Ushbu klubga qo‘limdan kelgancha yordam berish uchun keldim.

- O‘zbekistonda faoliyat olib borayotganingizga ham uch yil bo‘ldi. Shu vaqt davomida o‘zbek futboli qay darajada o‘sdi, deb o‘ylaysiz?

- Shuni ishonch bilan ayta olamanki, O‘zbekistonda futbol darajasi ancha yaxshi. Bu yerda jamoalar tartibli va taktik jihatdan aqlli o‘yin namoyish etishadi. Futbol darajasi ham sekin-asta o‘sib boryapti.

Joriy mavsum «Qo‘qon-1912», «Buxoro», «Olmaliq» kabi klublar yetakchilarga munosib qarshilik ko‘rsatishmoqda. Bu esa qolgan ishtirokchilarning ham yetakchilar darajasiga yaqinlashib borayotganidan dalolat beradi.

- «Dinamo» ayni payt autsayderlar qatorida bormoqda. Jamoa elitada «jon» saqlab qola olarmikan?

- Shunga umid qilamiz! Bizda juda ahil va do‘stona kollektiv bor. Barcha futbochilar mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilishmoqda. O‘yinimiz vaqt o‘tgani sayin shakllanib boryapti.

Faqat yaratilayotgan vaziyatlardan unumli foydalanish borasida biroz ishlashimiz kerakka o‘xshaydi. Zero ikkinchi davrada «Navbahor» hamda «Paxtakor» bilan o‘tkazgan o‘yinlarda jamoamiz yomon harakat qilmadi. Faqat yuzaga kelgan juda ko‘plab qulay imkoniyatlarni golga aylantira olmadik.

Umid qilamanki, navbatdagi uchrashuvlarda bizga ham omad kulib boqadi va «Dinamo» kerakli ochkolarni qo‘lga kiritadi. Yakunda oliy ligada «jon» saqlab qolishimizga ishonaman.

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 17:41, 21.09.2017.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.