Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

“SHo‘rtan” - “Navbahor” - gollarga boy o‘yinda g‘olib aniqlanmadi

“SHo‘rtan” - “Navbahor” - gollarga boy o‘yinda g‘olib aniqlanmadi

Baho:
+ | -

Oliy liga 22-turida “Sho‘rtan” - “Navbahor” o‘yini o‘tkazildi.

Hisob 22-daqiqada ochildi. Jamol Otaqulov o‘yin qoidasini buzganligi uchun jarima to‘pi belgilandi. Oybek Qilichevning standartdan uzatgan to‘pini Ro‘zimboy Ahmedov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi - 0:1.

Maydon egalari tez orada javob to‘pini kiritishga erishishdi. Laziz Ubaydullayevning to‘p oshirishidan qulay vaziyatga chiqib borgan Igor Taran aniq zarba yo‘llashni uddasidan chiqdi – 1:1.

Birinchi bo‘lim oxirida “Sho‘rtan” ikkinchi golni urishga erishdi. Asilbek Amanov jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun jarima zarbasi belgilandi. Uni tezkorlik bilan o‘yinga kiritgan mezbonlar ikkinchi golni nishonlashdi. Bu vaziyatda Laziz Ubaydullayev aniq zarba yo‘llashni uddaladi.

54-daqiqada mezbonlar uchinchi golni urdi. Igor Taran boshlagan hujumni Sunatilla Mamadaliyev davom ettirib, Jasur Xolto‘rayevga imkoniyat yaratdi. U ikki nafar himoyachimiz orasida bo‘lishiga qaramay aniq zarba yo‘llashni uddaladi – 3:1.

63-daqiqada hisob qisqardi. Oybek Qilichevning burchakdan uzatgan to‘pini G‘iyos Komilov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

O‘yin yakunlanishi arafasida "Navbahor" mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Maxstaliyevning qanotdan uzatgan to‘pini Ro‘zimboy Ahmedov boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Oliy liga, 22-tur
21 sentyabr. G‘uzor. “Markaziy” o‘yingoh.
“Sho‘rtan” - “Navbahor” - 3:3 (2:1) 
Gollar: I.Taran (28), L.Ubaydullayev (45), J.Xolto‘rayev (53) – R.Ahmedov (22, 87), G‘.Komilov (63).
Hakamlar: O.Tolibjonov, R.Serezetdinov, A.Burov, A.SHukrullayev.
Nazoratchi – A.Abdullayev.
PFL vakili – A.Inoyatov.
“Sho‘rtan”: 25. Alibek Turobov, 4. Jamol Otaqulov, 5. Hasanboy Ergashev, 7. Olimjon Karimov, 9. Igor Taran (S), 12. Laziz Ubaydullayev, 15. Obid Jo‘raboyev (19. Ma’ruf Murodov, 88), 18. Eldor Boymatov, 30. Jasur Xolto‘rayev (99. Maradona Safarov, 80), 38. Sunatilla Mamadaliyev (17. G‘ulom Rahmonov, 67), 85. Ruslan Melzeddinov.
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Oybek Qilichev, 9. Dilshod Jabborov (70. Abbos Maxstaliyev, 55), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov, 24. Sardor Azimov (18. Doniyor Usmonov, 18), 32. Jahongir Mehmonov (84. Nemanya Yovanovich, 56), 44. Darko Stanoyevich, 77. Azizbek Turg‘unboyev.
Ogohlantirishlar: J.Xolto‘rayev (59) - A.Amanov (45).

 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:25, 21.09.2017.
O'qildi: 3586 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик