Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Osiyo Olimpiya Kengashining Bosh Assambleyasi o‘tkazildi

Osiyo Olimpiya Kengashining Bosh Assambleyasi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Turkmaniston poytaxtida davom etayotgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari doirasida Osiyo Olimpiya Kengashining Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda so‘zga chiqqan OOK va Milliy Olimpiya qo‘mitalari Assosiasiyasi Prezidenti shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabox «Ashxobod 2017» o‘yinlarining yuksak saviyada tashkil etilganini ta’kidladi hamda Olimpiya shaharchasida barpo etilgan sport inshootlarini yuqori baholadi.

Osiyo va Okeaniya Milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari o‘z mamlakatlarida sportni rivojlantirish va targ‘ib qilish borasida olib borayotgan ishlari haqida axborot berishdi.

Majlisda turli mamlakatlarda yaqin yillar mobaynida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarining taqdimoti diqqat markazida bo‘ldi. Jumladan, 2022 yili qit’aning eng nufuzli kompleks musobaqasini Xitoyning Xanchjou shahri qabul qilsa, oradan yana to‘rt yil o‘tib Osiyoning eng kuchli atletlari Yaponiyaning Nagoyya shahrida to‘planishadi.

Shuningdek, anjumanda O‘zbek milliy kurashi Indoneziya mezbonlik qiladigan 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarining asosiy dasturiga kiritilgani rasman tasdiqlandi. Bu kurashimizning xalqaro arenalarda obro‘si oshib borayotganindan yana bir dalolat deyish mumkin.

Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi ham faol ishtirok etdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:10, 23.09.2017.
O'qildi: 3217 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик