Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

“Real” futbolchilari ispaniyalik hakamlar va alamli mag‘lubiyatdan norozi bo‘lmoqda

“Real” futbolchilari ispaniyalik hakamlar va alamli mag‘lubiyatdan norozi bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatida hakamlarning ishlarini tanqid ostiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” La-Liganing so‘nggi tur doirasidan o‘rin olgan “Betis” jamoasiga qarshi uchrashuvda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

“...Qancha hakamlar haqida gapirsak ahvol tobora yomonlashib boraveradi. Hakamlar ishlarini hurmat qilishimiz darkor. Lekin ular doim bahsli vaziyatlarda “Real” emas, “Barselona” foydasiga ishlashmoqda.

Nega “Barselona” futbolchilari doim penalti tepaverishadi? “Real”da esa aksincha. Rosti, mavsumning boshlanishi meni bezovta bo‘lishimga sabab bo‘lmoqda”, deydi Ramos.

O‘yindan so‘ng “qirollik klubi” yarim himoyachisi Isko “Betis” nohaqlik evaziga g‘alaba qozongani haqida aytib o‘tdi.

“...Agar “Real” o‘z maydonida tezkor gol kirita olmasa, unda bezovta bo‘lishni boshlaydi. Lekin biz so‘nggi daqiqalarda kutilmagan golni o‘tkazib yubordik. Bu — nohaqlik!

“Barsa”dan 7 ochko ortda boryapmiz... Mavsum endi boshlandi, ularga hali yetib olish uchun imkoniyat bo‘ladi”, deydi Isko.

Shuningdek, “Betis”ga qarshi uchrashuvda maydonda javlon urgan braziliyalik yarimhimoyachi Kazemiro futbolchilarga oson emasligini ta’kidladi.

“Mag‘lubiyatdan ko‘ra durang yaxshiroq edi, biroq sovuqqonlikni saqlab qolishimiz kerak. Bizga ham oson emas. Yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantira olmadik. “Betis” jamoasini tabriklashimiz kerak, ular g‘alaba uchun kurashdi va maqsadlariga yetishdi. Endi “Barselona”ga yetib olish haqida o‘ylashimiz kerak”, deydi Kazemiro.

Ma’lumot uchun, “Real” jamoasi bugun safarda “Alaves”ga qarshi maydonga tushsa, “Barselona” ham safarda “Jirona”ga qarshi bahs olib boradi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 14:04, 23.09.2017.
O'qildi: 5640 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.