“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Tomas Myuller “Volfsburg”ga qarshi uchrashuv (2:2) dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Volfsburg”ning o‘zi ochko ishlamadi, biz ularga bir ochkoni sovg‘a qildik. Tanaffusdan so‘ng bizda ikki-uchta golli vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo bu vaziyatlarda gol urishni uddalay olmadik.
Futbolda hammasini birdaniga nazorat qilib bo‘lmaydi. Ulrayxning xatosi? U jamoa a’zolaridan uzr so‘radi.
Bo‘lib o‘tgan voqeani esdan chiqarib, keyingi o‘yinlar natijasi haqida o‘ylashimiz kerak”, - deydi Myuller.