Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tolib Qosimov: «Tolibjonov "Navbahor"ga qarshi o‘yinda natijaga ta’sir ko‘rsatdi»

Tolib Qosimov: «Tolibjonov "Navbahor"ga qarshi o‘yinda natijaga ta’sir ko‘rsatdi»

Baho:
+ | -

Oliy liga 22-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan»-«Navbahor» (3:3) o‘yinidan so‘ng, mezbonlar hakamlikdan norozi bo‘lgan edi.

O‘FFning yakuniy qarori chiqqunicha turli fikrlar aytilaveradi. Ma’lumotlarga qaraganda, O‘FF ushbu mavzu bo‘yicha dushanba yoki seshanba kuni yakuniy qarorni e’lon qiladi.

Kecha «Oriat Dono» radiosidagi «Futbol+» dasturida «Sho‘rtan» matbuot kotibi Tolib Qosimov mazkur uchrashuvdagi holatlarga xolis fikr bildirishga harakat qildi.

«Uchrashuv bosh hakami Olim Tolibjonov uchrashuv natijasiga o‘z ta’siri ko‘rsatdi. 3:1 bo‘lib turgan vaziyatda Ubaydullayevning qanotdan uzatgan to‘pi «Navbahor» himoyachisining qo‘liga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi. Ammo penalti yo‘q. Keyinroq, Igor Taranni yiqitishdi, yana penalti yo‘q. Vaholanki, Tolibjonov ikkala vaziyatni ham aniq ko‘rib turgandi. Balki hisob 3:1 bo‘lib turganligi uchun hakam penalti bermagandir. Lekin jahon futbolida ko‘ryapmizki, qanday hisob bo‘lishidan qat’iy nazar qoida buzildimi - penalti! Hisob 3:2 bo‘layotgan vaziyatda namanganliklar jarima to‘pini amalga oshirishdi. Bu vaziyatda «Sho‘rtan»ning ikki o‘yinchisi maydonda yotgandi. Mehmonlar «fair-play»ga amal qilishmadi. 9 kishi bo‘lib himoyalangan g‘uzorliklar o‘sha vaziyatda gol o‘tkazib yuborishdi. Maydonda yotgan Obid Jo‘raboyev zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi. Oyog‘ining payi cho‘zilib ketgan ekan. Shifokor ma’lumotnomasi ham qaydnomaga kiritildi. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib Olim Tolibjonovga past baho qo‘yilgan. O‘yin tugagach bir soatcha muhokama bo‘ldi. Videolavhalarni ko‘rgan nazoratchi haqiqatdan ham bosh hakam xatolarga yo‘l qo‘yganiga amin bo‘lgach, unga «2» baho qo‘ydi», - deydi «Sho‘rtan» matbuot kotibi.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 10:22, 24.09.2017.
O'qildi: 5181 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.