Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ular ketishi mumkin. Messi va shartnomasi tugayotgan yana 10 yulduz

Ular ketishi mumkin. Messi va shartnomasi tugayotgan yana 10 yulduz

Baho:
+ | -

2018 yilda futbol olami yanada katta transferlar guvohi bo‘lishi mumkin. Birgina Lionel Messining «Barselona» bilan shartnomasi tugayotgani va hamon yangi bitim imzolamayotganini hisobga olsak, bo‘lajak yoz bizni katta transferlar bilan siylashini kutishimiz mumkin.

Shu maqsadda 2018 yilning yozida shartnomasi tugaydigan futbolchilar reytingini tuzib chiqdik. Agar bu futbolchilar tez orada yangi shartnoma imzolashmasa, qishdan boshlab ixtiyoriy ravishda yangi klub bilan muzokara o‘tkazishi va jamoani tark etishi mumkin bo‘ladi. FIFA qoidalariga ko‘ra, shartnomasi tugashiga 6 oy qolgan futbolchilarga shunday imtiyozlar beriladi. Quyida ushbu ramziy terma jamoa bilan tanishib olishingiz mumkin.

1. Iker Kasilyas (35 yosh), darvozabon, «Portu»

«Real»da yulduzli onlarini o‘tkazgan darvozabon o‘sha vaqtlarda madridliklar bosh murabbiyi bo‘lib turgan Joze Mourinyoga kerak bo‘lmay qolgan va tezda o‘ziga yangi jamoa topgandi — «Portu». Bugungi kunga kelib, endi u Portugaliyani ham tark etish arafasida turibdi.

Buffonning ham shartnomasi kelgusi yilda tugaydi. Ammo uning futbolni tark etishi kutilayotganini hisobga olsak, yozda erkin agentga aylanadigan eng yulduz darvozabon deb bemalol Ikerni ko‘rsatishimiz mumkin.

2. Deyli Blind (27 yosh), himoyachi, «Manchester Yunayted»

Ro‘yxatdan o‘rin olgan eng yosh futbolchi. Mourinyo o‘zi qurgan jamoada o‘zi olib kelgan futbolchilarni o‘ynatishni yaxshi ko‘radi. Balki shu sababdan niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilmayotgandir. Lekin Blind boshqa jamoaga o‘tsa, ko‘plab jamoalarni kuchaytira olishi mumkin.

3. Joao Miranda (33 yosh), himoyachi, «Inter»

Braziliya terma jamoasida sardor sifatida to‘p surishda davom etayotgan Miranda «Inter» bilan deyarli hech narsaga erisha olmadi. Kelgusi yili 34 yoshda bo‘ladigan futbolchi balki mo‘may pul ishlab olish uchun Osiyo yoki MLSga yo‘l olar?

4. Jorjo Kyellini (33 yosh), himoyachi, «Yuventus»

Yozda Leonardo Bonuchchini sotib yuborgan «Yuventus» afsonaviy himoya uchligida birinchi uzilishga sabab bo‘lgandi. Ko‘rinishidan bu bilan cheklanib qolinmaydi...

5. Xuanfran (32 yosh), himoyachi, «Atletiko» Madrid

O‘ng qanotga bo‘lajak yulduz bo‘lishi kutilayotgan Shime Vrsalkoni sotib olgan «Atletiko» bu chiziqning uzoq yillik yetakchisi Xuanfrandan voz kechishi mumkin. Ammo hozircha Vrsalko o‘zidan kutilgan ishonchni to‘liq oqlamoqda deb bo‘lmaydi.

6. Xuan Mata (29 yosh), yarimhimoyachi, «Manchester Yunayted»

O‘z vaqtida «Chelsi»da Mourinyoga kerak bo‘lmay qolgan Xuan Mata «MYU»da qaysidir ma’noda bu ishonchni qaytarib olgandek ko‘ringandi. Ammo bir yildan so‘ng vaziyat qanday ko‘rinish oladi, noma’lum. Hozircha Mourinyo jim.

7. Ander Errera (28 yosh), yarimhimoyachi, «Manchester Yunayted»

Agar Mourinyo o‘z futbolchilarini olib kelishni yaxshi ko‘radi, desak ularning orasida eski jamoadan qolgan futbolchilar ichida ham onda-sonda «kuzir» topiladi. Errerani xuddi shunday futbolchilar sirasiga kiritish mumkin. Bask futbolchisi Maur kelgach, yangi qirralarini namoyish eta oldi. Ammo hozircha u ham klub bilan yangi shartnoma imzolamadi.

8. Andres Inyesta (33 yosh), yarimhimoyachi, «Barselona»

«Barselona»nig uzoq yillik yetakchisi so‘nggi vaqtlarda klub ichki tizimida kuzatilgan inqirozdan so‘ng jamoani tark etishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. «Barselona» barchasini uning ixtiyoriga qoldirgan. Klub afsonasi qolish yoki ketish masalasini o‘zi hal qilishi kerak.

9. Mesut O‘zil (28 yosh), yarimhimoyachi, «Arsenal»

«Arsenal» sobiq yulduzlaridan keskin tanqid qilinayotgan germaniyalik futbolchi, bu gaplarni o‘yini bilan inkor qilish o‘rniga matbuot orqali javob berishga urinmoqda. Kim haq degan savolga esa O‘zil ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatib ham bilib olish qiyin emas. Aftidan yozda «Arsenal» eng qimmatbaho futbolchilaridan biri bilan tekinga xayrlashadi.

10. Lionel Messi (30 yosh), hujumchi, «Barselona»

Messi «Barselona»da qoladi, degan fikrni har bir «Barsa» ishchisi aytayotgan bo‘lsada, Messi hamon yangi shartnomaga qo‘l qo‘ymayapti. Aslida avgustdayoq imzolanishi kerak bo‘lgan shartnoma nega hali ham amalga oshmaganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu yerda bizga ma’lum bo‘lmagan aniq sabab bor. Xullas yoz hozircha «qaynoq» kelishini va’da qilmoqda.

11. Aleksis Sanches (28 yosh), hujumchi «Arsenal»

Transfer oynasining so‘nggi kuniga qadar Gvardiola qo‘li ostida o‘ynashni istagan Aleksisni «Arsenal» qo‘yib yubormadi. Ammo bu bilan jamoa faqat yutqazishi mumkin. Yanvardayoq futbolchi «Siti»ga ketishi kutilmoqda. Ammo endi uning narxi kutilganidan uch baravar arzon bo‘ladi. «Arsenal» uch oyda yutgani shu bo‘ladi. Transfer yozga qolsa-ku Sanches bo‘lajak jamoasiga tekinga tushishi aniq.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 01:53, 25.09.2017.
O'qildi: 11506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.