Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Nurafshon" safar o‘yiniga kelmadi va texnik mag‘lubiyatga uchradi

"Nurafshon" safar o‘yiniga kelmadi va texnik mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Birinchi Ligasida to‘p suradigan «Nurafshon» klubi 27-turni o‘tkazish uchun Toshkentga kela olmadi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoroning «Nurafshon» klubi mazkur turda «NBU-Osiyo»ga qarshi maydonga chiqishi kerak edi. Biroq raqibdan darak bo‘lmagan. PFL o‘z reglamentining 5-modda, 1-bo‘lim, 5,3 bandiga ko‘ra, «Nurafshon» futbol klubiga texnik mag‘lubiyat yozdi va «NBU-Osiyo»ga 3 ochko taqdim etdi. Shuningdek, o‘yinga kelmagani uchun «Nurafshon» futbol klubi moddiy jarimaga ham tortildi.

Jarima miqdori PFL saytida ko‘rsatib o‘tilmagan. Katta ehtimol bilan buxoroliklar Toshkentga moddiy ta’minot zaifligi sabab yetib kela olmagan bo‘lishi mumkin. PFL bu sababni ochiqlamagan. Odatda O‘zbekiston Birinchi Ligasida moliyaviy qiyinchiligi bor klublarning kuzga kelib safarga chiqa olmasligi yoki butunlay tarqalib ketishi holatlari kuzatiladi.

«Nurafshon» klubi yana bir marta shuday holatni takrorlasa, Birinchi Ligadan chetlashtiriladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:52, 25.09.2017.
O'qildi: 3006 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик