"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti PSJ yarimhimoyachisi Marko Verrattini ayyorlikda aybladi.
"Menga bunaqa ishlar yoqmaydi. Transfer bozori ochilganida ko‘plab futbolchilar ketamanga tushib qoladi. Biroq, u haqiqatdan ham ketmoqchimi yo maoshini oshirilishini istayaptimi bilolmaysan. Misol uchun, Verratti maoshini oshirib olish uchun "Barselona"ga ketaman deb qolgan. Men uni bilaman", - dedi mutaxassis El Mundo Deportivo xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti Verratti bilan PSJ klubida birga ishlagan edi.