Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Olim Tolibjonov 10 ta o‘yinga hakamlikdan chetlatildi

Olim Tolibjonov 10 ta o‘yinga hakamlikdan chetlatildi

Baho:
+ | -

Bugun, 26 sentyabr kuni O‘FFda Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Liga 22-turi doirasidagi “Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Navbahor” (Namangan) uchrashuvini boshqarib, yakunda ishi nazoratchi Alisher Abdullayev tomonidan qoniqarsiz (4,0) ballga baholangan Olim Tolibjonovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi.

Olim Tolibjonovning “Sho‘rtan” – “Navbahor” (3:3) o‘yinidagi hakamligi federasiyaning hakamlar va nazoratchilar ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqildi. Bo‘lim boshlig‘i Arslon Xatamov bosh hakam Olim Tolibjonovning ishini “qoniqarsiz” deb baholadi. Shu asosda, Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan Olim Tolibjonovni O‘zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari doirasidagi 10 ta o‘yinga chetlatdi. Bundan tashqari, uning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.

Shu bilan bir vaqtda, “Sho‘rtan” – “Navbahor” bellashuvidagi referi yordamchisi Aleksandr Burovning bahosini ko‘tarib qo‘yganligi uchun nazoratchi hakam Alisher Abdullayev qo‘mita qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlari doirasidagi 4 ta o‘yindan chetlatildi. Abdullayevning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Liga 21-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodov qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani tufayli umrbod hakamlikdan chetlatilgan edi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:38, 26.09.2017.
O'qildi: 6727 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик