Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Umid Ahmadjonov: “Futbolimizdagi tanish-bilishchilikka qarshi kurashaman!”

Umid Ahmadjonov: “Futbolimizdagi tanish-bilishchilikka qarshi kurashaman!”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Reportajlar
Bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining anjumanlar zalida O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda yangi tayinlangan prezident jurnalistlar savollariga javob berdi.
 
Assalomu alaykum, hurmatli jurnalistlar!
 
Bugun federasiyaning hisobot saylov konferensiyasi o‘tganiga 15 kun to‘ldi. Shu vaqt ichida biz O‘zbekiston futbolining 2018–2022 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturini oxirgi bobini yozib bitirdik.
 
Unda keyingi 4 yil ichida qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim masalalar aks etadi. Bizning ishchi guruhimiz ushbu dasturning loyihasini sizga tanishib chiqish uchun taqdim etayapti. Qisqacha qilib aytishim mumkinki, O‘zbekiston futbol federasiyasi katta islohotlar ostonasida turibdi.
 
Islohotlarni amalga oshirish guruhi ishni boshlash uchun qulay nuqta — ustuvor masalalarni aniqlab olgan bo‘lib, biz futbolni ko‘tarish uchun ana shu nuqtadan yangi manzil sari yo‘lga tushamiz.
 
Ustivor masalalar haqida biz jamoatchilikka xabar berdik. Lekin, bugun men bu masalalarni yana bir bora alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.
 
Birinchisi, milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash masalasi bo‘lib, hozirda ushbu jarayon davom etmoqda...
 
Ikkinchisi, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Buning uchun O‘zbekiston futbol federasiyasida yangi jamoa ish boshlayapti, deb bugun men bemalol ayta olishim mumkin.
 
Uchinchisi, futbolimizdagi tanish-bilishchilik va urug‘-aymoqchilik kabi illatlarga qarshi kurashishdir. To‘g‘ri tushunaman, agarda bu sportchilar oilasi bo‘lsa va ular haqiqatan ham o‘z joylariga munosib bo‘lishsa, marhamat!
 
Lekin, shunday holatlar borki, bu futbolimizning ildiziga bolta uradi. Biz mana shunday g‘irromlik va qing‘irlikdan tozalash uchun alohida mutaxassislar guruhini jalb qildik.
 
To‘rtinchisi, federasiya ishini shaffoflashtirishdir. Bu bilan biz ishqibozlarning federasiyaga bo‘lgan ishonchi va hurmatini qozonishni niyat qilganmiz.
 
Chunki, biz uchun xalqning federasiya haqidagi fikri juda muhim. Hammaga birdek yoqishning iloji yo‘q, lekin salbiy fikrlarni yo‘qotish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.
 
Beshinchisi, chiptalar savdosini isloh qilish qilish bo‘lib, bunda birinchi raqamli vazifa elektron chiptalar savdosini yo‘lga qo‘yishdir. Aynan shu yo‘l orqali chiptalarning olib-sotarlar qo‘liga o‘tib ketishiga qarshi kurashish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
 
Bundan tashqari:
  bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish; murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan isloh qilish; oliy liga va birinchi liga musobaqalarining saviyasini oshirish; milliy terma jamoani 2022 yilgi jahon chempionatiga olib chiqish; O‘zbekiston futbol federasiyasini Osiyoning eng yaxshi federasiyalaridan biriga aylantirish; barcha jahon chempionatlarida ishtirok etishga erishish; ommaviy futbolni yangi bosqichga olib chiqish; butun O‘zbekiston bo‘ylab futbol o‘ynashni yanada ommalashtirish va osonlashtirish; ishqibozlarning stadionlarga kelib o‘yin tomosha qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish  
va yana boshqa shu kabi vazifalar ham borki, bularning bari O‘zbekiston futbol federasiyasining rivojlantirish dasturidan o‘rin olgan.
 
Bugun dunyo axborot bilan yashayapti. Zamonaviy fuqaro boshlanayotgan kunini ham, tugab borayotgan kunni ham axborot olish bilan o‘tkazadi. Axborot shu darajada muhim omilki, uning oqimi tugasa yoki to‘xtab qolsa, bo‘shliq yuzaga keladi.
 
Shu sababli ham axborotni o‘z vaqtida va to‘g‘ri berish juda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston futbol federasiyasi bundan keyin ham axborot bo‘shlig‘iga qarshi kurashish siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda ishlaydi.
 
O‘zbekiston futbol federasiyasi mamlakatimiz futbolini yanada ko‘tarish uchun o‘z oldiga ustuvor vazifalarni belgilab oldi.
 
Federasiyaning yangi jamoasi 12 sentyabr kuniyoq ana shu vazifalar ustida katta ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelyapti.
 
Hozir katta va’dalar berishga shoshilmayman, faqatgina rejalarimiz uzoq muddatga mo‘ljallanganini, qolaversa, maqsadlarimiz jiddiy ekanligini ishonch bilan ayta olaman.
 
Biz ishqibozlar bilan, xalq bilan dialogga doim tayyormiz va qilinayotgan ishlarda ularning xohish va irodalarini ham inobatga olamiz.
 
Dunyo tajribasidan ma’lumki, rahbariyatning ishiga baho berish uchun ommaviy axborot vositalari 100 kun o‘tishini kutishadi. Umid qilamanki, O‘zbekiston futbol federasiyasi ham ana shu 100 kunlik o‘ta murakkab davrni yaxshi bosib o‘tadi.
 
Bu davr oralig‘ida Federasiyasi ichida va tashqarisida ko‘p yangiliklar bo‘ladi. Bu yangiliklar esa Siz O‘zbekiston futbol federasiyasidan faxrlanishingiz uchun amalga oshiriladi. E’tiboringiz uchun rahmat”, deya so‘zlarini yakunladi Umid Ahmadjonov
 
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol federasiyasida hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
 
Unda Umid Ahmadjonov O‘FFning yangi prezidenti sifatida ommagan tanishtirildi. Konferensiyasi ishtirokchilari bir ovozdan Umid Ahmadjonovning nomzodiga ovoz berishgan.
 
Shuningdek, Ahmadjonov joriy yilning 21 sentyabr kuni Shveysariyaga tashrif buyurib, Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infanito bilan uchrashdi. Uchrashuv vaqtida tomonlar bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishdi.
 
Jumladan, Umid Ahmadjonov Janni Infantinodan O‘zbekistonga “futbol yulduzlari”ning tashrifi hamda O‘zbekistonda yoshlar yoki ayollar bo‘yicha jahon chempionati musobaqalarini o‘tkazishga amaliy yordam berishini so‘ragandi. Akmalxon Eshonxonov
Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 16:49, 27.09.2017.
O'qildi: 3644 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.