Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mutaxassislarni ishga qabul qiladi

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mutaxassislarni ishga qabul qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Futbol Federasiyasidagi quyida keltirilgan boshqarma va bo‘limlarga tanlov asosida mutaxassislar ishga taklif qilinadi:

Yuridik bo‘lim; Matbuot xizmati (ingliz, rus va o‘zbek tillarini biladigan jurnalistlar); Xalqaro aloqalar boshqarmasi; Xavfsizlik boshqarmasi; Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘linmasi; Kadrlar boshqarmasi; Ilmiy-uslubiy ta’minot bo‘limi; Moliya-iqtisod boshqarmasi; Xo‘jalik ishlari xizmati; Marketing boshqarmasi; Bolalar-o‘smirlar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi; Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi; Terma jamoalar boshqarmasi;

Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:

soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi; futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi; futbol va sport sohasidagi me’yoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi; xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi; kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentasiyalarni tayyorlashni o‘zlashtirgan bo‘lishi; Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

Shuningdek, buxgalter, kassir, shifokor, psixolog, ish va arxiv yurituvchi, elektrik, santexnik, bug‘ qozonlar mutaxassisi, omborxona mudiri, oshpaz, haydovchi, IT mutaxassis, bog‘bon, farroshlar ham ishga taklif qilinadi.

Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (rezyume)ni info@the-uff.com elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:03, 28.09.2017.
O'qildi: 3734 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик