Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Matbuot anjumaniga futbol fanatlarini kiritgan «Navbahor» PFL tomonidan jarimaga tortildi

Matbuot anjumaniga futbol fanatlarini kiritgan «Navbahor» PFL tomonidan jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Namanganning «Navbahor» futbol klubini jarimaga tortdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Sabab sifatida Oliy Liga 23-turidan joy olgan «Navbahor» — «Paxtakor» o‘yinidan keyingi mojaro ko‘rsatib o‘tilgan. Avvalroq o‘yindan keyingi matbuot anjumaniga jurnalistlardan tashqari bir qator futbol fanatlari kirib kelgani va yakunda «Paxtakor» matbuot kotibi hamda muxlislar o‘rtasida janjal kelib chiqqani aytilgandi.

PFL vakili sifatida Namangandagi o‘yinga Aleksey Frolov tashrif buyurgan. U o‘zining bayonnomasida aynan nimalarni ko‘rsatgani aytib o‘tilmagan. Tashkilot shunchaki o‘z reglamentining bir qator bandlarini asos sifatida ko‘rsatib, «Navbahor» jarimaga tortilganini oshkor qilgan. Doimgidek, jarima miqdori va uning qachongacha to‘lab berilishi masalasi ko‘rsatib o‘tilmagan.

«Navbahor» bu kamchilikka kelgusida qo‘l ursa, yanada jiddiy choralar ko‘rilishi eslatilgan. O‘sha choralar aslida nima ekani aytilmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:52, 03.10.2017.
O'qildi: 6482 marta.
Fikrlar: 42 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик