Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Prevyu. «Metallurg» – «Bunyodkor»

Prevyu. «Metallurg» – «Bunyodkor»

Baho:
+ | -
Mamlakat milliy chempionatining 24-turida Bekobodning "Metallurg" klubi o‘z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi. Mazkur jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 21 marotaba kuch sinashishgan. Natijalarda tabiiyki yurtimizning nomdor klublaridan sanaluvchi “Bunyodkor”ning ustunligini ko‘ramiz. Toshkentliklar 17 ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Ikkita o‘yinda “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan. Yana ikkita uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi farq: 45-18.
Bu yilgi chempionatning birinchi davrasida Toshkentda kechgan o‘yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgandi. E’tiborga molik jihati, mazkur o‘yinda har ikkala jamoa g‘alaba qozonishi mumkin edi. Uchrashuvning 10-daqiqasida bekobodlik Dostonbek Hamdamov bunyodkorchilarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 51-daqiqada Alisher Ziyovuddinov hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng har ikkala jamoa o‘yinchilar 11 mertlik belgidan jarima zarbalaridan foydalana olishmadi. 64-daqiqada Mirg‘iyos Sulaymonovning zarbasini Murodjon Zuhurov to‘sgan bo‘lsa, 78-daqiqada “Metallurg” darvozaboni Zafar Safayev o‘zini ko‘rsatdi. U birinchi gol muallifi Dostonbek Hamdamovga ikkinchi marta muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini bermadi.
Bekobodda o‘tgan barcha uchrashuvlar: 
16.06.2016 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
26.04.2015 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:2
01.10.2014 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:2
17.08.2013 «Metallurg» - «Bunyodkor» 2:3
27.09.2012 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:3
23.10.2011 «Metallurg» - «Bunyodkor» 2:1
19.03.2010 «Metallurg» - «Bunyodkor» 0:1 25.06.2009 «Metallurg» - «Bunyodkor» 0:4 17.08.2008 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:2 01.04.2007 «Metallurg» - «Bunyodkor» 0:1   Bekoboddagi o‘zaro o‘yinlar haqida fakt : “Metallurg” o‘z maydonida faqat bir bor “Bunyodkor”dan ustun kelgan. Yana bitta uchrashuvda ochkolarni baham ko‘rgan. Bu o‘tgan yilgi mavsumda kuzatilgandi. Qolgan o‘yinlarda esa “Bunyodkor” Bekoboddan uch ochko bilan qaytgan.   Tanishing, raqibimiz – “Bunyodkor”!   Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi mamlakatimizning eng yosh jamoalaridan biri sanaladi. Klubga asos solinganiga endigina 13 yil bo‘ldi. Ammo qisqa fursat ichida jamoa birinchi ligadan oliy ligaga yo‘l oldi va kuchlilar safida ham doimiy ravishda yetakchilar qatoridan o‘rin egallab kelayapti. 2007 yildan elita safida “qaldirg‘ochlar” besh marta O‘zbekiston chempioni, uch marta vise-chempion, to‘rt marta O‘zbekiston kubogi sohibi va to‘rt karra finalchisi, O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi. Bu yil jamoa mamlakat kubogi bahslarida to‘qqizinchi marta finalda o‘ynaydigan bo‘ldi. 2008 yildan Osiyo chempionlari ligasida yurtimiz sharafini himoya etib kelayotgan “Bunyodkor” jamoasi ikki marta qit’aningmazkur nufuzli turnirida yarim finalgacha yetib bordi (2008, 2012 yillar). Oliy ligadagi eng past ko‘rsatkichi to‘rtinchi o‘rin bo‘lgan (2014-2015 yillar). “Bunyodkor”ning uy stadioni mamlakatimizning eng muhtasham futbol majmuasi sanaladi. U 2012 yilning 28 sentyabr sanasida qurib, foydalanishga topshirildi. “Bunyodkor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi uy stadioni o‘z bag‘riga 34000 tomoshabinni sig‘diradi. “Bunyodkor” bugungacha oliy liga bahslarida 303 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shulardan 212 tasida g‘alaba qozongan, 58 tasida durang o‘ynagan, 33 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 584:166. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik g‘isobli g‘alabasi – 7:0 (“Sho‘rtan”, 2008 yil), eng yirik mag‘lubiyati – 0:3 (“Lokomotiv”, 2015 yil).
Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 14:28, 10.10.2017.
O'qildi: 3083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик