“Arsenal” a’zosi Aleksis Sanchesning faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi oydinlashib bormoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi va Sanches shartnomani uzaytirmoqchi emas. Demak, u yanvarda istalgan klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Ayni damda futbolchiga asosiy da’vogar “Manchester Siti” hisoblanadi. “Shaharliklar” Sanchesni yanvardayoq sotib olishlariga ishonmoqdalar.